Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov tuman hokimligi tomonidan xarid qilingan "Captiva" avtomaşinasi böyiça ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar böyiça izoh berdi.

Uning e'tirof etişiça, haqiqatan ham, tuman hokimligi "Captiva" rusumli avtomaşina uçun şu kunlarda mablağ ötkazgan. Vositaçi korxona ta'sisçilaridan biri tuman hokimining öğli ekanligi ham töğri.  

Qobulovning sözlariga köra, Parkent toğ va toğoldi hududlardan tarkib topganligidan kelib çiqib, 2019 yilda tuman hokimligi "Captiva" yöltanlamas maşinasini xarid qilişni rejalaştirgan. Biroq öşa vaqtda tuman budjetida yetarli mablağ bölmagani tufayli tuman hokimining farzandi, ya'ni "MEGA KARER" MÇJ ta'sisçilaridan biri otasi foydalanişi uçun mazkur maşinani berib turgan.

“Oğzaki kelişuvga köra, tuman budjetida yetarli mablağ bölgan paytda pul ötkazib beriladigan bölgan. Ya'ni maşina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bölgan. Oradan bir yildan köproq vaqt ötgaç, tölov qobiliyati şakllanganidan keyin bu mablağlar firmaga baholovçi taşkilot tomonidan belgilangan narxga köra ötkazib berilgan.

Yanayam aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi "Captiva"ni keyinroq tölab beriş şartiga rozi bölgan holda topşirgan. Qarindoş-uruğçilik riştasidan, bu örinda, manfaat közda tutilmagani, qaytaga avtomaşinani real narxidan past bahoga xarid qilinganiga e'tibor qaratişingizni istardim”, deyiladi munosabatda.

Uning ta'kidlaşiça, tuman budjeti aniq hisob-kitoblar, ma'lum rejalar asosida taqsimlanadi.

“Jaydari qilib aytganda, budjetning puli köçada qolmagan va bu borada öta kuçli nazorat tizimi mavjud”, deyiladi izohda.

Behzod Qobulov şuningdek, tuman hokimining amalga oşirgan xayrli işlarini sanab ötgan.

“Quyidagi ma'lumotni yozişdan oldin esa köp öyladim. Minnat yoki nokamtarlik körinmasmikan, degan öylar köngildan ötdi. Ammo hozir, şu vaziyatda bu haqda ma'lum qiliş joiz körindi. Tuman hokimi Niğmat Muhammedov öz oylik maoşidan jamğargan puliga 10ta sun'iy nafas oliş uskunasini tuman şifoxonasiga bergan. Bu örinda gap hokimning alohida bir fazilatini börttiriş haqida ketmayapti. Binobarin, Parkent tumanini sevgan, uning xalqi soğliği uçun qayğurgan har bir parkentlik singari Niğmat Muhammedov ham umumiy xayriya marafonida munosib iştirok etganini ta'kidlaş ma'nosida misol keltirdim”, deb yozadi u.