«Covid-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarşi vaksina qiliş mumkin», degan u AOKAda ötkazilgan brifingda.

Mutaxassis grippga qarşi vaksina bir yillik vaksina bölib, u har yili uçraşi mumkin bölgan grippning ştammlariga qarşi işlab çiqilişi, şu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning şu ştammlariga qarşi immunitet hosil qilişi haqida gapirgan.

«U Covid-19 bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni kuz-qiş mavsumida grippdan ma'lum darajada himoya qiladi yoki kasallik yengil keçişini ta'minlab beradi», dedi u.

Brifing davomida emlaş qanday bemorlarga mumkin emasligiga aniqlik kiritilgan:

  • OITS kasalligining turli bosqiçlarida;
  • vaksina tarkibidagi ad'yuvanti, ya'ni vaksina işlab çiqilgan asosiy vosita va qöşimçalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida özgariş keltirib çiqaruvçi nevrologik kasalliklarning zörayib borişi davri.

«Barça somatik kasalliklar avj oliş davrida tana haroratining 38 darajadan yuqori kötarilişi, diareya, iç ketiş, qusiş, tutqanoq, qon bosimi kötarilişi yoki tuşişi, kuçli oğriq sindromida va hokazolar ötib ketganidan keyin şifokor körigidan ötib soğlom deb taşxis qöyilganida, tibbiyot muassasasida şifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlaniş kerak», degan ştab a'zosi.