Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) olimlari dunyodagi eng mitti sovituvçi qurilmani yaratişdi. Qurilmaning ölçami 100 nanometrni (1 nanometr millimetrning milliondan biriga teng) taşkil qiladi.
Olimlar muzlatkiçni yaratişda tok berilganda qizişi yoki sovişi mumkin bölgan ötkazgiçlar va yarimötkazgiçlar tizimidan foydalanişgan. Bunda vismut telluridi va surma-vismut materiallari qöllangan.

“Bu hajm (bir kub mikrometr) şunçalik kiçikki, tirnoqlarimiz har soniya bundan taxminan ming marta kattaroq ölçamga ösadi”, deb ta'kidlab ötişgan tadqiqotçilar.
Qurilma dunyodagi eng kiçik termoelektr muzlatkiçlardan ön ming marta kiçikroq bölsa-da, biroq uning foydali iş koeffitsiyenti juda yuqori: u bir kub santimetr hajmdagi muzlatkiçdan bir neça million marta va maişiy muzlatkiçlardan million marta tezroq işlaydi.
Bunday mikroskopik qurilmalar mikroelektronikaning turli tizimlarini samarali sovitişda qöllanişi mumkin.









