Taraqqiyot nafaqat ilğor ğoyalarni, balki eskirib qolgan tartiblar, byurokratik ğov va tösiqlardan öz vaqtida voz keçişni ham taqozo qiladi. Ortiqça yukdan xalos böliş harakatni yengillaştirganidek, ortiqça hujjatlardan voz keçiş şiddatli islohotlarni amalga oşirayotgan institutlar, tuzilmalarga asosiy kuçni maqsadli va samarali safarbar qiliş imkonini beradi.

Sir emas, barça sohalarni isloh qilişga qaratilgan dasturlarni amalga oşiriş qonun hujjatlari sonining yanada ortişiga olib keldi. Hujjatlarining köpligi, tarqoqligi amaliyotda ularni tuşunişni qiyinlaştirib, huquqiy tafovut va kolliziyalarga yöl oçmoqda, haddan taşqari tartibga soliş va byurokratiyaga zamin yaratmoqda.

Mazkur muammoni hal qiliş uçun xalqaro tajribada “tartibga soliş gilotinasi” usulidan foydalaniladi.

“Tartibga soliş gilotinasi” nima?

 “Tartibga soliş gilotinasi” amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qiliş va qayta körib çiqiş orqali ularni saralaş, tasdiqlaş, özgartiriş yoki bekor qiliş demakdir.

Ya'ni iqtisodiy rivojlaniş strategiyasi, qonuniyligi va zarurati nuqtai nazaridan asossiz bölgan, şuningdek, qonuniy va zarur hisoblansa-da, jamiyat va biznes uçun qulay bölmagan har qanday tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatni maksimal darajada soddalaştiriş “tartibga soliş gilotinasi”ning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

Jahon tajribasidan muvaffaqiyatli ötgan

Şvetsiya, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Xorvatiya, Serbiya, Bosniya, Buyuk Britaniya, Meksika, Vetnam, Misr, Keniya kabi davlatlar qonunçiligida bu metod amal qiladi.

Yaponiya tajribasi tartibga soliş çoralarini sinovdan ötkaziş yoki ma'muriy xarajatlarni kamaytiriş maqsadida “maxsus hududiy zonalar”ni şakllantirgan. Avstraliyada 2003 yilda “Qonunçilik vositalari töğrisida”gi (Legislative Instrumens Act 2003, LIA) qonun qabul qilingan.

Janubiy Koreyada 1998 yili “tartibga soliş gilotinasi” loyihasini amalga oşiriş, şuningdek, tartibga solişni isloh qiliş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun töğridan-töğri mamlakat Prezidenti oldida hisobdor bölgan Qömita taşkil etilgan. Meksikada ham 1989 yili Iqtisodiy deregulyatsiya bölimi tomonidan “tartibga soliş gilotinasi” loyihasi amalga oşirilgan.

 Bu bizga nima beradi?

Hozirga qadar mamlakatimizda yaxlit 728 Qonun, 423 ta Oliy Majlis palatalarining qarorlari, 2538 ta Prezident farmonlari, 2699 ta Prezident qarorlari, 10245 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 1895 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bundan taşqari har bir hududda köp sonli mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari mavjud.

Qonun hujjatlarining köpligi nafaqat aholi, yuridik şaxslar, balki huquqni qöllovçi davlat xizmatçilarining özlariga ham noqulaylik tuğdiradi.

Davlatimiz rahbarining kuni keça qabul qilingan “Öz ahamiyatini yöqotgan qonunçilik hujjatlarini qayta körib çiqiş tizimini joriy etiş orqali mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida” Farmoni bilan norma ijodkorligi jarayonida amal qiliş lozim bölgan bir qator prinsipal özgarişlar belgilandi. Xususan:

Birinçidan, Parlament palatalari, Prezident, Hukumat hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining individual va taşkiliy tusdagi hujjatlarini ular tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan farqlaşning aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi.

Ikkinçidan, yangi tahrirdagi qonun hujjati örniga bir vaqtning özida amaldagi qonun hujjatini kuçini yöqotgan deb topişni nazarda tutuvçi yangi qonun hujjatini qabul qiliş amaliyoti joriy etiladi va avval qabul qilingan bunday qonun hujjatlari qayta körib çiqiladi.

Uçinçidan, Prezident va Vazirlar Mahkamasining rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş hamda tadbirlar ötkazişni taşkil etiş yuzasidan qabul qilingan hujjatlari tegişli yil yakuni böyiça öz kuçini yöqotgan deb topiladi.

Adliya vazirligining roli qanday böladi?

Şuni tan oliş kerakki, qonun hujjatlari va ular loyihalarining tartibga soliş ta'sirini baholaş masalasida 10 yildan ortiq davrda ayrim işlar amalga oşirilgan, qarorlar qabul qilingan bölsa-da, bu sohada tizimli siyosat olib borilmayotgan edi.

Farmon bilan Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining tartibga soliş ta'sirini baholaş sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş böyiça maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Bu esa nuqsonlarni bartaraf etiş, yangi gorizontlarni oçişga xizmat qiladi.

 Bunda Adliya vazirligi har yili mamlakatda tartibga soliş ta'sirini baholaş tizimining holati töğrisidagi ma'lumotlarni tayyorlaydi, ularni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilgan holda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritişi tartibi joriy etilayotganligi tartibga soliş sub'yektlarining mas'uliyati oşişiga xizmat qiladi.

Şu bilan birga Farmonda, tartibga soliş siyosatining yaxlitligini ta'minlaşga qaratilgan institutsional özgarişlar nazarda tutilgan. Masalan, endilikda Adliya vazirligining Tartibga soliş ta'sirini baholaş boşqarmasi taşkil etiladi, barça davlat boşqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlarida tartibga soliş ta'sirini baholaş uçun mas'ul xodimlar tayinlanadi.

Şunisi, e'tiborga molikki, yangi boşqarma zimmasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş hamda aniqlangan qorrupsiogen omillarni bartaraf etişga qaratilgan çoralar köriş va tavsiyalar işlab çiqiş, korrupsiya kelib çiqişiga şaroit yaratayotgan qonunçilikdagi huquqiy böşliqlar, qoidalar va normalarni aniqlaş, normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qöllanilişida korrupsion tusdagi xavflarni tahlil qiliş vazifalari ham yuklangan.

“Oçiq platforma” va qayta aloqa

Şuningdek, tartibga soliş ta'sirini kamaytiriş doirasida guruh bölib işlaş texnologiyalarini şakllantiriş va hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratiş uçun regulation.gov.uz portalida “oçiq platforma” (open platform) joriy etiladi.

Jamoatçilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan özaro hamkorlik, şu jumladan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini amalga oşiriş doirasida qayta aloqa mexanizmlarining yölga qöyilişi esa “kam xato, köp natija” prinsipi asosida faoliyat samaradorligini ta'minlaşga olib keladi.

Şuningdek, Farmonda davlat organlari va taşkilotlari bilan tematik onlayn uçraşuv va muhokamalar ötkaziş böyiça taşabbus körsatiş, qonunçilik hujjatlarining huquqni qöllaş amaliyotiga ta'sirini baholaşda “kraudsorsing” imkoniyatlaridan foydalaniş,

şu jumladan onlayn sörovnomalar ötkaziş kabi progressiv va zamonaviy iş usullari yölga qöyilişi uşbu yönalişdagi işlar muvaffaqiyati garovi böladi.

Ba'zan yangilanişlar, islohotlar jarayonida, özgarişlarning ruhiga butunlay mos kelmagan qandaydir tartib, qoidalar uçrab turişi bor gap. Ularni aniqlaş, tan oliş va öz vaqtida voz keçişdan qörqmaslik kerak.

Şubhasiz, tartibga soliş ta'sirini baholaş borasida xalqaro tajribada sinovdan ötgan, nisbatan yangi, zamonaviy usul va mexanizmlardan foydalaniş huquq ijodkorligi jarayonining takomillaşişiga, qonunçilik yukining kamayişiga, uning xalqçil bölişiga xizmat qiliş bilan birga davlat boşqaruvining samaradorligi oşişiga hissa qöşadi.

Xudoyor Meliyev
Adliya vazirligining mas'ul xodimi