Loyihaning moliyalaştiriş manbayi Jahon banki bölib, baholaş valutasi AQŞ dollari hisobida, xarid qiliş usuli esa xalqaro tanlov savdolari etib belgilangan.
Tender tanlovida «Özelektroapparat-Elektroşçit» aksiyadorlik jamiyati 25 992 770.47 dollarlik taklif bilan ğalaba qozondi.
Tenderda komissiya tomonidan baholangan 6 ta kompaniyaning 3tasi 20 mln dollardan kam taklif bergan va ularning takliflari mavjud şartlardagi texnik talablariga töliq javob bermagani (muvofiq emas deb topilgani) bois narx taklifi tegişli tartibda rad etilgan. Ular: SUMEC Complete Equipment & Engineering Co., Ltd, Sinohydro Corporation Limited va «NPP Bresler».
Bundan taşqari Grid Solutions SAS Branch in Latvia 20,2 mln yevro, China Machinery Engineering Corporation esa 38,5 mln dollarlik taklif bergan.
Oçiq ma'lumotlarga köra, «Özelektroapparat-Elektroşçit» aksiyadorlik jamiyatining 80 foiz aksiyasi Toshelectroapparat MÇJ XKga, 18,9 foizi GK Elektroshit-TM Samara kompaniyasiga, 1,1 foizi jismoniy şaxslarga taalluqli. Toshelectroapparat MÇJ XK esa töliğiça çet el kompaniyalariga — 75 foizi Tanotraden AG (Şveytsariya) hamda 25 foizi Comagra Commerz & Agrar-Handel AG (Şveytsariya) kompaniyalariga tegişli.












