21 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilişlar yuzasidan iş qözğatildi, deya xabar beri Raqobat qömitasi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, qömitaning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan “Quyuv-mexanika zavodi” tomonidan ötkazilgan eng yaxşi takliflarni tanlaş savdolari “Raqobat töğrisida"gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan örganilgan.

“Özbekiston temir yöllari tizim taşkiloti bölgan zavod ötkazgan jami 21 mlrd sömdan ortiq bölgan 8 ta tanlov savdolarida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, “Raqobat töğrisida"gi Qonunning 29-moddasiga rioya qilinmay, savdolarda raqobatni çeklovçi yoki çeklaşi mumkin bölgan harakatlar sodir qilingan”, deyiladi xabarda.

Yuqoridagi holat böyiça qömitaning hududiy boşqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmaçi taşkilotga nisbatan iş oçilib, belgilangan tartibda tegişli ta’sir çorasi qöllangan.

Şuningdek, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.