Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati xabariga köra, Töra Mirzayev 1936 yil 6 martda Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğilgan. U özbek filologiyasining atoqli namoyandalaridan biri, xalq oğzaki badiiy ijodiyotini keng kölamda tadqiq etişdan iborat fundamental ilmiy maktabga asos solgan ulkan fan taşkilotçisi, eposşunoslikning köplab nazariy masalalarini jahonşumul darajada hal qilgan yirik folklorşunos olim edi.
Töra Mirzayevning 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ilmiy-ommabop işi e'lon qilingan. Ulardan 5tasi monografiya, 5tasi darslik va öquv qöllanma, 45tasi kitob va folklor töplamdir. Olimning kitob va maqolalari Rossiya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qozoğiston, Turkmaniston kabi köplab mamlakatlarda naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va "Ijod" jamoat fondi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.













