Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2020 yilning 8 oyida respublika böyiça 525 280ta tuğiliş holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 18 912taga köp.

Joriy yilning avgust oyida respublika böyiça 83 925ta tuğiliş holatlari qayd etilib, respublika böyiça eng köp tuğiliş Samarqand viloyatida (9 585ta) kuzatildi.

Ötgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tuğilişlar soni böyiça Samarqand – 63 573ta, Farğona – 58 774ta, Qaşqadaryo – 55 774ta va 50 601ta bilan Andijon viloyatlari yuqori örinni egallagan.

Ma'lumot örnida, 1897 yilda Özbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kişini taşkil etgan bölib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kişi) soniga teng degani.