Kuvayt amiri şayx Saboh al-Ahmad al-Saboh 91 yoşida vafot etdi. Bu haqda al-Arabiyya telekanali xabar bermoqda.
Amir AQŞda olamdan ötgan - u iyul oyida tibbiy körik uçun uçib kelgandi. Keyinroq u muvaffaqiyatli operatsiya qilingani va reabilitatsiya jarayonini ötayotgani xabar qilingandi.
Uning örnini ögay ukasi, 83 yoşli şayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh egallaşi mumkin. Şayx Saboh al-Ahmad al-Saboh AQŞga ketgaç, uning vazifalarini qisman Navof al-Jobir as-Saboh bajarib kelayotgandi.
- Şayx Saboh al-Ahmad al-Saboh muqaddam bir neça ön yil mobaynida Kuvayt taşqi işlar vaziri lavozimida faoliyat körsatgan va 1990-91 yillardagi Iroq bilan uruşdan söng uşbu mamlakat bilan yaqinlaşiş uçun faol harakat qilgan.
- U amir lavozimiga 2006 yilda, merosxör şahzoda Saad al-Abdulla as-Salom as-Saboh salomatligi yomonlaşgani sababli lavozimidan çetlatilganidan söng tasdiqlangan. Saboh demokratik islohotlar ötkazgan, xususan, ayollar huquqi, söz erkinligi va yiğilişlar ötkaziş huquqi masalalarida.
- Şayx Saboh amaldagi eng keksa davlat rahbarlari orasida ikkinçi edi. Ayni vaqtda bu maqom Buyuk Britaniyaning 94 yoşli qiroliçasi Yelizaveta II’ga tegişli.








