Bu haqdagi yangilikni eşitgaç, bu yil TDYuU bakalavriatini «Xalqaro huquq» yönalişida tamomlagan Sayidkomil bilan boğlanib, özimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

«Prezidentimizning şu yil 29 apreldagi farmoni bilan, universitetimiz tarixida ilk bor istiqbolli bitiruvçilar va öqituvçilarni xorijda magistratura va doktorantura bosqiçida ta'lim oliş xarajatlarini qoplab beriş tizimi yölga qöyildi. Men universitetimizda bölib ötgan tanlovda iştirok etib, Buyuk Britaniyaning Glazgo şahrida joylaşgan Glazgo universitetida magistratura bosqiçida öqişni davom ettiriş imkoniyatini qölga kiritdim.

Tanlov ikki bosqiçda bölib ötdi: fakultet bosqiçi va universitet bosqiçi. Ikkala bosqiçdan muvaffaqiyatli ötdim va rektorimiz buyruğiga asosan, öqiş va turar-joy bilan boğliq xarajatlar universitet tomonidan moliyalaştiriladigan böldi.

Bundan taşqari, özim uçun eng quvonarli tarafi – Glazgo universiteti tomonidan 20 nafar talabaga beriladigan stipendiyalardan biriga ega böldim. Bu men uçun kutilmagan xuşxabar böldi. Çunki boşqa tabdirlar tufayli magistratura imtihonlari uçun özim xohlaganimdek tayyorgarlik köra olmagan edim», – deydi yoş huquqşunos.

– Qanday qiziqişlaringiz bor?

– Köproq falsafa va adabiyotga qiziqaman. Böş vaqtlarimda ularga köproq vaqt ajrataman. Orzum – yangilanayotgan Özbekistonda özimizning renessansimizni köriş. Buyuk Britaniyada öqişni tamomlagaç, vatanga qaytib, uning rivojlanişiga öz hissamni qöşişdir.

Boşlanğiç ta'limni özbek maktabida öqiganman, 5-sinfga ötayotganimda ota-onam meni rus maktabga ötkazişdi. Şu tufayli öqiş körsatkiçlarim 5-sinfda tuşib ketdi. Öşa vaqtda bu bola sifatida men duç kelgan ilk qiyinçiliklardan biri edi. Lekin ustozlarim meni doim qöllab turişgan.

– Maqsadga erişiş formulangiz bormi?

– 29 fevralda Glazgo universitetidan öqişga qabul qilinganligim haqida xabar keldi, lekin öqişning moliyaviy tomoni hali hal qilinmagan edi. Buni kafedramizdagi öqituvçilarimga aytganimda, ular menga töğri maslahat berib, meni qöllab-quvvatlaşdi. Ular: «Heç qaçon taslim bölma, yaxşi niyat qilib olğa qadam bos», deyişdi. Şundan söng 29 aprelda prezidentimiz farmoni çiqdi, avgustda stipendiyaga ega böldim...