Toshkentda YPX inspektoriga bo‘ysunmagan haydovchi 6ta avtomobilga texnik shikast yetkazdi
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 1 oktabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi va Movarounnahr ko‘chasi kesishmasida “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli T.A. xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u harakatini davom ettirib, Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangan va Oqqo‘rg‘on ko‘chasi - Mustaqillik shohko‘chasi kesishmasiga yetgan vaqtida qoidabuzarligini davom ettirib, o‘zidan oldinda bo‘lgan Matiz, Cobalt, Hyundai, Nexia, Spark va Damas rusumli transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.
Qayd etilishicha, T.A. yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan simyog‘ochga urilib to‘xtagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q ekani aytiladi.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, haydovchining me'yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi sababli YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, tezligini me'yoridan oshirib harakatlanganligi ma'lum bo‘ldi.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

19:29 / 31.05.2025
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

16:26 / 27.05.2025