Yaponiyalik dizayner, Kenzo brendi asosçisi Kendzo Takada Fransiyada 81 yoşida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.
Dizayner Parij yaqinidagi Nyoyi-syur-Sen kommunasida joylaşgan şifoxonada hayotdan köz yumgan.
Kendzo Takada 1939 yil 27 fevralda Yaponiyada tavallud topgan. 1965 yilda Parijga köçib ötgan.
Takada özining birinçi ayollar kiyimi kolleksiyasini 1970 yilda taqdim etgan, 1983 yildan esa erkaklar kiyimi dizayni, 1988 yildan esa pardoz-andoz buyumlari işlab çiqariş bilan şuğullana boşlagan. 1993 yilda brend LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) guruhi tomonidan sotib olingan.
2016 yilda Takada Fransiya Faxriy legioni ordeni kavaleriga aylangan.
Kenzo lyuks toifasidagi kiyim-keçak, poyabzal, aksessuarlar va parfyumeriya brendi hisoblanadi.









