Taşqi işlar vazirligi departament direktori Aşraf Xöjayev 14 yanvar kuni AOKAda ötkazilgan brifingda 2021 yildagi bajariladigan rejalar qatorida «Oltin daftar»ga kirgan çet eldagi özbekistonliklarni investitsiyaga jalb qiliş masalasida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, xorijdagi vatandoşlar bilan yaqin aloqalarni örnatiş mamlakat investitsiya salohiyatini östirişda muhim ahamiyatga ega.

«Hozirgi kunda 500 nafarga yaqin vatandoşimiz «Oltin daftar»ga kiritilgan. Ular, asosan, Rossiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Skandinaviya davlatlari, BAA va Turkiya davlatlarida istiqomat qiluvçi yurtdoşlarimiz hisoblanadi. Albatta, bu röyxat kengaytirib boriladi.

Bizning maqsadimiz ularning potensialidan mamlakatga faqatgina investitsiya olib kirişda foydalaniş emas, balki tajribalarini örganişni ham yölga qöyamiz. Ular bilan mutaxassislarimiz iştirokida öquv seminarlar taşkil etamiz. Şu orqali tajribamizni oşiramiz. Bank, AT va boşqa köplab yönalişlarda özaro tajriba almaşamiz», – dedi vazirlik rasmiysi.

Avvalroq Özbekistonda «Oltin daftar» atamasi joriy etilişi, unga mamlakat taraqqiyotiga xizmat qila oladigan, xorijda işlab yoki öqiyotgan salohiyatli vatandoşlarimizni kiritiş xabari berilgandi.

«Dunyo tajribasiga qaraydigan bölsak, Turkiyada ham, Xitoyda ham, Hindistonda, Yevropa davlatlari, masalan, Italiya va Irlandiyada ham şunday tajriba bölgan – öz vaqtida xorijda şakllangan diasporalarning salohiyati mamlakat taraqqiyotiga jalb qilingan.

Xitoy misolida olsak – ularning diasporasini xuatsyao deyişadi – 90-yillarda xorijdan Xitoyga kirib kelgan investitsiyalarning salkam 90 foizi bevosita xorijda yaşayotgan xitoyliklar bilan boğliq bölgan», – degandi u.

Şuningdek, Özbekistonning Seuldagi elçixonasi «Oltin daftar»iga kiritilgan vatandoşlar soni 100 kişidan oşgani, ular tomonidan mamlakatimizga kiritilişi kutilayotgan investitsiyalar hajmi 14 million dollarni taşkil etişi aytilgan.