Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Özbekistonda sönggi vaqtlarda muhokamalar markazida bölib turgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori – Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaga oid voqeaga munosabat bildirdi.

U Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori - viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaning qamoqqa olinişi bilan boğliq holatga töxtalgan.

«Men uçun, ham ayol, ham ona va gender tengligi komissiyasining a'zosi sifatida bu juda muhimdir!», deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.

U Guljahon Yöldoşeva birinçi galda ayol kişi ekanligi, qaramoğida 6 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda Toşkent viloyati prokuraturasidan qaror qayta körib çiqilişini söragan.

«Men unga qöyilgan ayblovlarning qonuniy yoki noqonuniyligini heç qanday baholamoqçi emasman, bu sudning mutlaq vakolati. Ammo sizning e'tiboringizni şunga qaratmoqçimanki, eng kiçigi atigi ikki yoşda bölgan olti farzandning onasi sudgaça qamoqda saqlanmoqda. Bizning qonunçiligimiz, boşqa rivojlangan mamlakatlar qonunçiligi singari, erkaklarga qaraganda ayollar uçun biroz köproq imtiyozlarni öz içiga oladi. Bunga misol sifatida ayol kişining homiladorligi yoki voyaga yetmagan farzandlari borligi unga yengillaştiruvçi holatlar taqdim etişi mumkin. Bu ham insonparvarlikning bir turi. 

Guljahonning işida nega qonun bu qadar qattiq va qat'iy? Olti bola bilan qayergadir qoçib qutilişi mumkinmi? Nahotki sudgaça qamoqda saqlaş bizning huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining yagona yöli bölsa? Jinoyat-protsessual qonunçiligida boşqa ta'sirçan ehtiyot çoralarini qöllaşga nima xalaqit beradi?

Hibsga oliş — bu kuçli stress va şaxsning ma'nan sindirilişidir. Ayniqsa, uyda yoş bolalaringiz bölganida... Şuning uçun Toşkent viloyati prokuraturasidan qarorni qayta körib çiqişni sörab qolaman», degan u.

Avvalroq Tanzila Norboyeva Toşkent viloyati boş infeksionistiga qöllanilgan ehtiyot çorasiga munosabat bildirib