Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşeva qariyb bir oydan buyon qamoqda qolmoqda. Jamoatçilikda voqea yuzasidan köplab savollar yuzaga keldi, izohlar yangradi. Bu orada bir narsa ayon bölib qoldi – gap faqat bir şifokor şa'ni va taqdiri haqida ketmayapti. Balki mazkur hodisa ahamiyati xususiy bir holatdan oşib ötib, jamiyatimiz yuz tutib turgan bir qança illatlarni jamoatçilik köz öngida namoyon etgandek.

Holatga sabab bölgan narsa esa şifokor G.Yöldoşevaning Kun.uz saytiga bergan intervyusi, şifoxonasi duçor bölgan muammolarni gapirib bergani böldi.

Aynan öşa intervyu e'lon qilinganidan bir kun ötib şoşilinç ravişda jinoyat işi qözğatilgan. Xöş, Guljahon Yöldoşeva intervyuda nimalarni aytib bergan edi?

«Men Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçiman. Şifoxonamiz 1960 yilda taşkil topgan. Boşida bu şifoxona Çirçiq şahriga qaraşli bölib, 100 ta koykaga möljallangan bölgan. Söngra koykalar soni 80 tagaça qisqartirildi, keyinroq, 2000 yilda Çirçiq şifoxonasi viloyat şifoxonasiga ötkazildi. Bu yerdagi reanimatsiya va qabul bölimlari ham qisqarib ketdi.

Prezidentning 2017 yil 6 sentyabrdagi qarori bilan men Toşkent viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçi etib tayinlandim. Kelganimda bu yerda na reanimatsiya, na qabul bölimi, na OITV bölimi bor edi – faqat ötkir içak infeksiyalari va havo-tomçi infeksiyalari bölimi faoliyat körsatardi.

Bu yerda iş boşlagan davrimda prezidentning bir qator qarorlari çiqdi, ular asosida birinçi galda reanimatsiya bölimi tuzilmasini taşkil etdik. Çunki bu muhim edi, oğir kasallarni Toşkent viloyati böyiça olib boradigan joy yöq edi.

Toşkent viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga reanimatsiya bölimini qayta jihozlaş va uskunalar bilan ta'minlaşda moliyaviy yordam sörab bir neça bor murojaat qildik, lekin murojaatlarimiz javobsiz qolib ketdi.

Prezident qaroriga köra tuzilmaga özgartirişlar kiritildi va OITV bölimini oçdik, çunki Toşkent viloyatida bittayam OITV bölimi yöq edi. Avvaliga OITV bölimida 10 ta, söngra 20 ta koyka oçildi. Xuddi şuningdek, OITV bölimini qayta jihozlaş hamda zarur uskunalar uçun mablağ sörab xat yozdik.

15 mart kuni pandemiya e'lon qilingaç, ertasiga şifoxonamizni karantin zonasi sifatida yopib qöyişdi. Bizga şunçaki COVID-19 yuqtirganlikda gumon qilinganlar emas, isitmasi kötarilgan va COVID-19ning dastlabki klinik simptomlariga ega insonlarni yotqiza boşlaşdi.