Kun.uz manbasi xabar berişiça, tuman hokimi qandli diabet va gipertoniya kasalliklaridan vafot etgan.
Nazirjon Örinboyev 1966 yilda Oltinköl tumanida tuğilgan. 1989 yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mahalliy içki işlar tizimida xizmat qilgan, xususan, 2014-2017 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini oliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Şuningdek, Andijon viloyati «Agroservis MTP» mas'uliyati çeklangan jamiyati raisining örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U 2018 yil oktyabrida Oltinköl tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
19 sentabr kuni Kun.uz saytida Andijon viloyatida 4ta hudud hokimi - Nazirjon Örinboyevdan taşqari Xonabod şahri hokimi Musaxon Mamadaliyev, Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Şahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov pnevmoniyaga çalinib davolanayotgani haqida xabar berilgandi.
29 sentabr kuni Musaxon Mamadaliyev vafot etgani ma'lum böldi.
Pandemiya davrida hududiy rahbarlar orasida bir neça ölim holatlari qayd etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev koronavirus tufali vafot etgan.
Iyul oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni bölgandi. 8 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumani hokimi Ğayrat Begaliyev va uning örinbosarlaridan biri koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.
7 oktabr kuni Namangan viloyati hokimi örinbosari Bahromjon Nurmatov 56 yoşida vafot etgani xabar qilindi.








