Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati tomonidan uyuştirilgan suhbatda koronavirusga gumon qilinganda öpkani multispiral kompyuter tomogrammasi qiliş, uning organizmga zarari haqida gapirdi.
– Koronavirusga gumon qilinganda öpkani multispiral kompyuter tomogrammasi qiliş qançalik muhim, uning organizmga zararli tomonlari yöqmi?
– Koronavirusga gumon qilinganlar kasallik alomatlari paydo bölganining birinçi kunidan öz oilaviy şifokorlariga murojaat qilişi kerak. Şifokorlar bemorning şikoyati, umumiy köruvi, epidemiologik anamnezidan kelib çiqqan holda kasallikni tasdiqlaş uçun qöşimça tekşiruvlar buyuradi. Bunday holatlarda nafaqat koronavirusga gumon qilinganlar, balki inson özida qandaydir kasallik alomatini sezişi bilan, birinçi kunlardanoq murojaat etişlari kerak.
Endi multispiral kompyuter tomogrammasiga kelsak, biz unutmasligimiz kerak, bu inson organizmiga qandaydir miqdorda bölsa ham nurlaniş beradi, töğri u nurlaniş dozasi nazorat etiladi, lekin qayta-qayta MSKTga tuşiş ham xavfli. Ayniqsa, agarda kasallikni ilk kunlarida MSKTga tuşsangiz unda deyarli özgariş kuzatilmasa, keyin aniq kasallik alomatlari kuçayganidan söng, bir yoki ikki hafta oraliğida MSKTga yana tuşişingiz kerak böladi. Bunday holatlarda nurlaniş köpayadi, imkon qadar MSKTga qayta tuşiş uçun orada kamida ikki oy ötişi lozim.
MSKTni maqsadli qöllaş borasida gaplaşadigan bölsak, bunda koronavirusning organizmga ta'sirini va kasallik keçişi jarayonini gapiriş bilan tuşuntirib beraman. Koronavirus öpkani jarohatlaşni kasallikning ilk kunlaridan boşlaydi. Taşxis qöyiş uçun kasallikning birinçi kunlarida MSKTni ötkaziş mumkin. Lekin bu jarayonda hali kasallikning ilk kunlari bölgani bois, öpkaning fibroz jarohatlanişi kuzatilmagan böladi. Aytib ötganimizdek, faqatgina virusli yalliğlaniş jarayoni namoyon böladi, xolos. Nima uçun, buni töliq gapirmoqdaman, sababi, köpgina yurtdoşlarimiz şifokorga murojaat etmasdanoq kasallikning ilk kunlarida MSKTdan özlari mustaqil ötadilar, MSKTda fibroz jarohatlaniş degan yozuvni körmaydilar va menda jarohatlaniş yöq ekan degan yangliş fikr bilan, hattoki şifokorga ham bormay qöyadilar va öz immunitetim bilan tuzalib ketaman degan fikr bilan davolanmaydilar ham.
Koronavirus şunçalik ayyor viruski, u birinçi 5-7 kun şamollaş alomatini oladi, şu davrda unçalik kuçli belgilarni yuzaga çiqarmaydi, tana harorati bir yoki ikki marta 38 darajadan yuqori böladi, bir yoki 2-3 kun diareya kuzatiladi, 4, 5, 6 kunlar insonda kasallik alomatlari yöqolayotgandek böladi. Aynan 7-10 kunlarda yaşirin autoimmun jarayon boşlanadi. Unda yötal paydo böladi va u kun sayin kuçayib boradi, hansiraş qöşiladi, ba'zilarda birdaniga tana harorati 39 va 40 darajagaça kötarilmoqda, holsizlik va muşaklar, böğimlardagi oğriqlar kuçayib boradi.










