Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda ötkazilgan brifingda koronavirus keltirib çiqaradigan pnevmoniya avval ma'lum bölgan atipik pnevmoniyadan nimasi bilan farqlanişi haqidagi savolga javob berdi.
«Atipik pnevmoniya va koronavirus infeksiyasi keltirib çiqaradigan pnevmoniyaning farqi şundaki, ikkinçi holatda pnevmoniya juda tez rivojlanadi va unda immunstress holat kuzatiladi. Şuningdek, koronavirus immun tizimiga ta'sir körsatadi va tsitokinlar «böroni» yuzaga keladi. Bu esa öz navbatida fibrotik özgarişlar bilan pnevmoniyani rivojlantirib yuboradi. Koronavirus pnevmoniyasida yötal quruq böladi. Virusli pnevmoniyani taşxislaşning eng optimal usuli — MSKT tekşiruvi hisoblanadi», dedi ştab a'zosi.
Mutaxassis bugungi kunda havo tomçi orqali yuquvçi har qanday kasallik xavfli ekanini aytib ötgan.
«Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib çiqişida virus, bakteriyalar yoki zamburuğlar sababçi böladi. Virus, bakteriya yoki zamburuğlar keltirib çiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi şu keltirib çiqaruvçi infeksiya yuqiş yöllariga qarab yuqumli hisoblanadi.
Bugungi kunda virus kasalliklari dolzarb bölib qolgani bois, biz havo tomçi orqali yuquvçi kasalliklardan köproq xavotirlanişni boşladik.
Aslida bakteriyalar, zamburuğlar va oddiy hujayrali parazitlar ham öz örnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqiş yöli havo tomçi orqali bölmasligi mumkin, lekin organizmga tuşgan bunday infeksiya turlari pnevmoniya kabi ötkir kasalliklarni keltirib çiqaradi.
Yoki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayişini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infeksiya joylaşgan a'zosini jarohatlab kasallik çaqiradi.
Şu bois, biz doimiy ravişda infeksiyalardan özimizni himoya qilişimiz, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilişimiz, soğlom turmuş tarzini yuritgan holda töğri va muqobil ovqatlanişimiz, yengil jismoniy faollikni doim bajarib yurişimiz zarur», dedi Sevara Ubaydullayeva.









