Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining xabariga köra, Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi hukmi bilan “Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslarining harakatlari oqibatida 2 297 nafar fuqarolarga yetkazilgan 19 mlrd 676 mln söm moddiy zararlarni undiriş yuzasidan ijro hujjatlari 9 oktyabr kuni MIB organlariga kelib tuşgan.

Hozirda mazkur ijro hujjatlariga asosan moddiy zararlarni jabrlanganlarning hisob-raqamlariga ötkaziş maqsadida Majburiy ijro byurosi tomonidan hududlarda işçi guruhlar taşkil etilgan.

Agentlikdan jabr körgan fuqarolar respublikaning turli hududlarida yaşaşligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratiş va ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş maqsadida tölovlar joylardagi MIB organlari tomonidan amalga oşirilişi belgilangan. Şu bois, jinoyat işida jabrlanuvçi deya e'tirof etilgan fuqarolar şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar hamda plastik kartoçkalari bilan, dam oliş kunlaridan taşqari (soat 09-00dan 18-00ga qadar) quyidagi manzil böyiça murojaat qilişlari söralmoqda:

Eslatib ötamiz, JIB Yakkasaroy tuman sudining şu yil 14 sentyabrdagi hukmi bilan “Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MÇJning 12 nafar mansabdor şaxslari javobgarlikka tortilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvçilardan jabrlanuvçilar foydasiga solidar tartibda jami 19 mlrd 551 mln söm moddiy zarar undiriş belgilangan. Undiruv IIV depozit raqamiga topşirilgan jami 7 mlrd 831 mln söm pul mablağlari va 573 mln 856 ming sömlik xatlangan mol-mulklarga qaratilgan.

“Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi”dan jabrlanganlar şu yilning 30 sentyabrida Boş vazir bilan uçraşiş istagida Mustaqillik maydonida töplanişgan edi. Ular bilan suhbatlaşgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov tergov va sudda xatlangan mol-mulk jabrlanuvçilarga proporsional tarzda taqsimlanişini aytgandi. Vazir zararning qolgan qismi vazirlik huzuridagi jamğarma hisobidan tölab berilişi yoki tölanmasligi xususida ma'lumot bermagan.

Bugungaça “Human xususiy bandlik agentligi”dan jabrlanganlar körgan zarar Hukumat topşiriği bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi hisobidan töliq