14 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida «Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdorlariga nisbatan sud hukmi e'lon qilingandi. Keyinroq hukmga nisbatan bir qator sudlanuvçilar tomonidan apellyatsiya şikoyati va prokuror tomonidan protest keltirildi.

Oliy sud axborot xizmati xabariga köra, JIB Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasining 7 oktyabrdagi ajrimi bilan JIB Yakkasaroy tuman sudining 14 sentyabrdagi hukmiga ayrim özgartirişlar kiritilgan.

Jumladan, 10 nafar sudlanuvçining ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi (Hujjatning qalbakiligini bila turib, undan foydalaniş) çiqarib taşlangan va uşbu modda bilan tayinlangan jazolar bekor qilingan.

Şuningdek, hukmning tavsif qismidagi jabrlanuvçi J.E. foydasiga jami 52 888 155 sömlik epizod hamda qaror qismidagi uşbu summani undiriş qismi çiqarilgan. Hukmning qaror qismidagi jabrlanuvçi A.Z. foydasiga jami 27 202 730 söm undiriş qismi bekor qilinib, uning foydasiga jami 32 602 730 söm undirilişi belgilangan.

Hukmning tavsif va qaror qismlaridagi «VEGA BEST» MÇJ va «Agrofitoeksport» MÇJ örtasida tuzilgan 2019 yil 2 apreldagi 4-sonli hamda «FAYOZ-XDS» MÇJ, «BAXMAL FITOIMPEX» MÇJ va «ISMAILOV RUSTAM IKRAMOVICH» MÇJlar örtasida tuzilgan 2019 yil 7 apreldagi 3-sonli oldi-sotdi şartnomalarini haqiqiy emas deb topişga oid qismi bekor qilingan.

Apellyatsiya şikoyatlari va apellyatsiya protesti qisman qanoatlantirilib, hukmning qolgan qismi özgarişsiz qoldirilgan.

Endilikda sud hukmi ijroga qaratiladi va jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararlarni qoplaş boşlanadi.