Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlarining böşab qolgan örinlarga Özbekiston Senati a'zolarini saylaş böyiça qöşma majlis bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Saylov natijalarga köra 45-«Şumanay» saylov okrugidan Jöqorği Kenges deputati, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Qoraqalpoğiston kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi kengaşi raisi U.Jalmenov va 63-«Qoraköl» saylov okrugidan Jöqorği Kenges raisi Murat Kamalov Özbekiston Senati a'zolari etib saylangan.

Eslatib ötamiz, Murat Kamalov 2 oktabr kuni Qoraqalpoğiston rahbari bölgandi. Respublikaning avvalgi rahbari Musa Yerniyazov 31 iyul kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida olamdan ötgan.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq, Özbekiston Senati raisi örinbosarlaridan biri Qoraqalpoğiston vakili böladi. Qoida tariqasida, uşbu lavozimni har safar Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi egallaydi.