Prezident koronavirus butun dunyoda bölgani kabi Özbekistonga ham yöqotişlar olib kelgani, lekin hayot davom etişi, şu şaroitga munosib bölib, töğri yöl topiş zarurligi haqida gapirgan. U hozirgi murakkab paytda rahbar böliş oson emasligi, şunga qaramay Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş böyiça boşlangan işlar ikki-uç karra köpaytirib davom ettirilişini ta'kidlab ötgan. Prezident Qoraqalpoğistonning yangi rahbari etib saylangan Murat Kamalovga baho berib, u otasi Qallibek Kamalov işlarini davom ettirib, xalqni rozi qilişiga işonç bildirdi.

«Murat Kamalovni köp yillardan beri taniyman. U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda işlagan bölmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yaşaganiga guvohman. Eng asosiysi şu. Boşqasi tajriba bilan keladi.

U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov işlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb işonaman», degan prezident.

Eslatib ötamiz, 2002 yildan buyon Qoraqalpoğistonga rahbarlik qilib kelgan Musa Yerniyazov 2020 yil 31 iyul kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgandi.

Respublikaga 10 kun içida yangi rahbar saylanişi lozim bölsada, Jöqorği Kenges raisi lavozimi 2 oydan köproq vaqtdan buyon böş qolayotgan edi. 

Konstitutsiyaga köra, Jöqorği Kenges raisi parlament a'zolari orasidan saylanişi zarur hisoblanadi. Kamalov şu yil 20 sentyabrda ötkazilgan saylovda Jöqorği Kenges deputatligiga saylandi.

Ma'lumot uçun, Murat Qallibekoviç 1955 yil 24 iyunda Nukusda tuğilgan. 1977 yilda Özbekiston SSR Davlat xavfsizligi qömitasi (KGB) oliy maktabini tamomlab, şu yildan DXQ mutaxassisi sifatida mehnat faoliyatini boşlagan. 1987–1990 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasida kiçik ilmiy xodim bölgan. 1990–1991 yillarda diplomatik vakolatxonalarga xizmat körsatuvçi «Konsul» taşkiloti boş muhandisi, 1991–1996 yillarda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi qoşidagi «Qoraqalpoqintorg» xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik assotsiatsiyasining Toşkentdagi vakolatxonasi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Kamalov 1996–2010 yillar mobaynida Toşkentda «Stellor» unitar korxonasiga rahbarlik qilgan. 2010–2018 yillarda «Huquqiy biznes ham konsalting agentligi» advokatlik byurosida konsultant lavozimida işlagan, 2018–2020 yillarda Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpoğiston böyiça boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat körsatgan.