
«Oxirgi tört yilda önlab yirik töqimaçilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boşqa zamonaviy sanoat korxonalari qurilişi hisobiga Qoraqalpoğistonda işlab çiqariş hajmi 2 barobar ösgan. Yangi suv tarmoqlari qurilişi natijasida aholini markazlaşgan içimlik suvi bilan ta'minlaş darajasi 40 foizdan 67 foizga yetdi. 241 ta maktab, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport obektlari yangidan qurildi, kapital ta'mirlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Murat Kamalovni Jöqorği Kenges raisligiga saylangani bilan tabriklab, öta mas'uliyatli vazifada muvaffaqiyat tiladi.
«Yangi rahbar faoliyatining eng muhim yönalişi «xalqning dardini eşitiş va masalalarini hal etiş» bölişi kerak. Buning uçun tinimsiz izlaniş, mehnat qiliş, xalq bilan maslahatlaşib işlaş zarur. Qoraqalpoğistonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoşlar köp. Ularni birlaştirib, natija qiliş, el-yurtga manfaat olib keliş kerak», dedi davlat rahbari.

Qoraqalpoğistonda barça sohalarni jadal rivojlantiriş böyiça kelgusi 3 yilga möljallangan çora-tadbirlar işlab çiqilgani ma'lum qilindi. Unga köra, har bir tumanda 2tadan faoliyat turi öziga xos «ösiş nuqta»si etib belgilangan.
Prezident barça 16ta tumanni yanada ravnaq toptiriş maqsadida mazkur «ösiş nuqtalari» böyiça tadbirkorlik sub'yektlari 3 yil muddatga yer soliği, mol-mulk soliği, kiçik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat'iy miqdordagi daromad soliğidan ozod etilişini ta'kidladi.
Bundan taşqari, taraqqiyot darajasi past bölgan Taxtaköpir, Bözatov va Şumanay tumanlarida yangi taşkil etiladigan sanoat korxonalariga ham 3 yil muddatga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi.
Har bir tuman va şaharni jadal rivojlantirişga kuçli turtki beriş, muammolarni tezkor hal etiş uçun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.
Yiğilişda kelgusi 3 yilga möljallangan önta ustuvor yönaliş belgilandi.











