Dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bölgan British Airways rahbari Aleks Krus iste'foga çiqdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Krus kompaniyadagi faoliyatini noijroçi direktor lavozimida davom ettiradi. U British Airways aviakompaniyasiga 2016 yilda Ispaniyaning Vueling aviakompaniyasidan ötgandi.
British Airways’ga Irlandiyaning Aer Lingus avikompaniyasi direktori Şon Doyl rahbar böladi. U rahbarlik qiladigan aviakompaniya International Airlines Group (IAG) xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding British Airways, Ispaniyaning Iberia, Vueling, Level va yuk taşuvçi IAG Cargo aviakompaniyalariga egalik qiladi.
Yil boşidan buyon dunyo böyiça içki parvozlarda yölovçilar soni 57,5 foizga, xalqaro parvozlarda esa 91,9 foizga kamaydi. 40ta aviakompaniya bankrotlik jarayonini boşladi.








