Pandemiya borasida falsafiy muşohadalar, mutolaadan uzoqlaşiş oqibatlari va e'tiborsiz qolgan özbek tili - şoir Aziz Said bilan suhbat
|21:19 / 14.10.20205 05617 min
Kun.uz sayti jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti masalalariga bağişlangan turkum suhbatlar loyihasi doirasida şoir Aziz Said bilan intervyu uyuştirgan edi. Quyida uning ikkinçi qismi bilan tanişişingiz mumkin.
— Aziz aka, siz Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi raisining davlat tili va ma'naviy-ma'rifiy masalalar böyiça maslahatçisi ham hisoblanasiz. Kuzatyapsizki, oxirgi vaqtlarda özbek tili borasidagi çetdan turib aytilayotgan bahsli fikrlar, bu borada Özbekistonning içki işiga «burun suqiş»lar nisbatan ortmoqda.
Xöş, siz şu xalqning söz kişisi, adabiyotining jonkuyari sifatida bu bahslarga qanday qaraysiz hamda bu paytda qanday yöl tutilişi kerak?
— Quldorlik davrida ham quldor öz qulining qoçib ketişini heç qaçon xohlamagan. Şu ma'noda, biz uzoq yillar boşqa tilning quli sifatida yaşab keldik.
Bilasiz, minglab ota bobolarimiz yuz yillar davomida şu tilimiz, erkimiz özimizniki bölsin, deb kuraşdi, otildi.
Mustaqil bölganimizdan keyin «Özbekiston respublikasining Davlat tili haqida»gi alohida qonunni qabul qildik. Lekin e'tibor bering, mana şunga ham 30 yil ötibdi. Lekin biz nima qilyapmiz? Hamon çora-tadbir, rejalaştirişdan nariga ötmayapmiz.
Kurslar oçamiz, qöllanmalar çiqaramiz, xullas yana nimalardir qilamiz, işlayapmiz göyo. Bu nima degan gap? Odam özining uyida, öz tilida gapirişi uçun ham çora tadbirlar qilişi kerakmi? Majlis qilişi kerakmi? Köçalarga tarğibot materiallarini osişi kerakmi? Nega öz uyimizda özbekça gapiraylik, deb e'lon osişimiz kerak? Öttiz yil ötyapti-ku, bu şarmandalik emasmi?
Bu bizning illatimiz, bu bizning kamçiligimiz. Özimiz loqayd bölib keldik şunday katta masalaga.
Mana endi-endi ongimiz öziga kelayotgandek. Lekin şunda ham bu işlarni prezident talab qilganidan keyin boşlayapmiz.
Hayron qolasiz, bizda prezident şu masalani kötargança ham şu millat vakillari, vazifa egasi, mas'ul bölgan idoralar, javobgar vazirlik va qonunlarimiz bor edi-ku. Konstitutsiya bor edi-ku. Ular öz-özidan işlaşi kerak emasmidi?
Mavzuga oid
Töğri, qonunni buzadiganlar, unga amal qilmaydiganlar hamma yurtda bor. Lekin nega ularni bor qonunlarimiz bilan jazolamadik, jazolamayapmiz? Bizda ham huquq organlari bor-ku. Ularni nega qonun himoyaçilari deymiz? Yöllarda kimdir avtomobil kamarini taqmasa, ortidan quvib borib uşlayapti-ku ular. Nega til böyiça qonunlarni buzganlarni heç kim jazolamayapti? Davlatimizni çegarasi-ku bu masala, suverenitet masalasi, davlatning davlat ekanligini belgilovçi masala-ku bu.
Davlat tili mavzusida Abdulla Qahhorning ham gaplarini yaxşi bilasiz.
Xullas, biz davlat tili masalasida qonunlarni mukammal qilib qöydik, lekin ularning ijrosi qilinmadi. Bunga javobgarlar işlamadi.
Şov-şuvli fikrlarga kelsak, uning maxsus buyurtmaçilari va ijroçilari bor.
Yaqinda prezident Mirziyoyev BMTning navbatdagi sessiyasida özbek tilida nutq sözladi. Siz ğururlandingizmi? Men faxrlandim. Öylaymanki, millionlab insonlar faxrlandi, köziga yoş ham oldi.
Fikrimça, şu kabi bitta amaliyot milliardlab pullar sarflanadigan minglab tadbirlardan ustun, odamlarga köproq ğurur berdi. Çegaralarimiz atrofida yaşaydigan özbeklarga ham ğurur berdi.
Butun dunyo minglab millatlar içida özbek degan millat ham borligi, uning ham öz tili borligini bildi. Mumkin ekan-ku.
Özbek tiliga nisbatan odamlarda pisandsizlikni uyğotuvçi holatlardan yana biri bu köçalarimizni egallagan turli tildagi reklamalar, yozuvlar va imlo xatoliklariga töla e'lonlar deb hisoblayman.
Odam öz köziga işonadi. Tasavvur qiling, bolaga til borasida qança gapirib, qança ta'lim bermaylik, u köçadagi xato e'lonni körar ekan, gapimiz befoyda ketaveradi.
Masalan, köçadagi «ostanovka» yozuvi. Biz farzandimizga million marta «ostanovka» emas, «bekat» deb örgataylik, gapimiz baribir befoyda ketaveradi. Buni köz saboği deydilar. Bu böyiça özbeklarda «ming marta eşitgandan, bir marta körgan afzal» degan maqol bor.
Til masalasi şunday. Bir qarasangiz, men aytayotgan narsalarni, köçadagi şarmandali e'lonlarni bir haftada töğrilaş mumkin. Bir qarasangiz, uni özimiz murakkabga aylantirişimiz mumkin. Majlislar, yiğilişlar, maqolalar, çora-tadbirlar...Lekin natija qani? Undan köra amaliy işga ötaylik, bor muammoni joyiga borib hal qilaylik-da. Qaçongaça işni yana noldan boşlayveramiz?
Savodsizlik, tilga bölgan munosabatni özgartirişning yana bir yöli —maktablarda özbek tili va adabiyotni öqitiş soatlarini köpaytiriş.
Tilni morfologiya, grammatika, sinonim, antonim darslari, mavzulari ham köpam örgatmaydi. Bu qoidalar va ularga juda çuqurlaşaveriş ham şart emas. Insonga tilini, ahloqni örgatadigan narsa bu — adabiyot. Adabiyotni öquvçiga köproq örgatiş kerak. Kitob öqitiş kerak. Şuningdek, öquvçilarga har qanday imtihonlarda inşo yoziş topşiriği berilmas ekan, u kitob öqimaydi.
Töğri, bu jarayonda bitta oğir iş bölar, lekin biz ertaga tili, uning buzilişi haqida qayğurmaymiz. Bolalarimiz kitob öqimay qöydi, deb qayğurmaymiz.
Öylaşimça, yana bir jihatga e'tiborimizni qaratişimiz kerak. Oxirgi yillarda Özbekistonda xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallari köpayib bormoqda.
Xöş, ularning qaysi birida özbek tili öqitilyapti? Javob yöq.
Nega ular özbek tilini öqimayapti? Nega ularga özbek tilidan ham imtihonlar qöyilmayapti? Axir, bizning yoşlarimiz qaysi davlatga öqiş uçun borsa, avval şu davlat tilini örganadi va undan keyin imtihon topşiradi-ku. Hammasida şunday. Bizning yoşlar Ruminiyaga borsa rumin, Bolgariyaga borsa bolgar, Britaniyaga borsa ingliz, Xitoyga borsa xitoy tilini örganişga majbur. Kim bizga özbek tilini örganib kelyapti?
Bu borada ota-onalarda ham til borasida öylov, fikrlaş bölişi kerak. Mana masalan, bola rus maktabda öqib çiqdi. U oliy ta'lim muassasasiga kiradi. U yerda ham özbek tili öqitilmaydi. U qaysi davlatni yoki qaysi millat tilini himoya qiladi? Ertaga biror joyda özbek tilini himoya qiladimi? Axir, tilni yaxşi bilmaydi-ku. U özbekça tarbiya körmadi-ku.
— Bugun yoşlar, millat gazeta, jurnal öqimaslikda köp ayblanyapti. Bu borada ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlari asosiy «aybdor» sifatida körsatilyapti.
Aziz aka, siz ham köp yillar gazeta va jurnallarda işlagan, rahbarlik qilgan inson sifatida öquvçining gazeta jurnaldan uzoqlaşişi sabablarini faqat internetda deb öylaysizmi? Ya'ni, bunga jurnallarimiz özi ham qandaydir ma'noda aybdor emasmikan?
Siz badiiyatni yaxşi tuşungan insonsiz, ayting-çi, 1980-90 yillardagi «Şarq yulduzi» bilan hozirgi «Şarq yulduzi»ni, bir paytlar hatto yarim million tirajda sotilgan «Adabiyot va san'at» bilan bugungi «Adabiyot va san'at»ni, «Yoş kuçni», «Yoşlik»ni bugungisi bilan farqini qanday baholaysiz? Badiiy naşrlarning bugungi saviyasi haqiqatda öşa biz aytgan davrlar saviyasiga mosmikin?
— Insonda mutolaaga ehtiyoj holati bor. Agar odamda mutolaaga ehtiyoj bölsa, heç bir sabab uni kitob öqişdan qaytarolmaydi.
Siz 1980-90 yillar haqida söz oçdingiz. U yillarda mutolaa qilmaydigan, qaysidir a'zosi uyga gazeta kötarib kirmaydigan oila deyarli topilmasdi. Gazeta, jurnallar har bir oila, ovul, şiypon va maktablarga yetib borardi.
Ular şunçaki tarqatilmasdi, balki mutolaa qilinardi.
Masalan, öşa yillarning har bir ziyoli kişisi yaxşi eslasa kerak, «Şarq yulduzi», «Adabiyot va san'at», «Literaturnaya gazeta», «Novyy mir», «Drujba narodov», «Inostrannaya literatura» nomli qalin-qalin gazeta va adabiy jurnallar bölardi. Yozuvçi, olim, umuman juda köpçilikda biz yuqorida aytganimiz, mutolaaga ehtiyoji bor edi. Odamlar mutolaaga vaqt topardi. Lekin insonda axborot oliş ehtiyoji ham borki, bu örin töliq qondirilmasdi. Buni ta'minlaşga gazeta, jurnaldan taşqari boşqa vositalar yöq edi. U paytlarda yuzlab telekanallar va odamlarning ongini çalğitadigan yuzlab teleseriallar ham yöq edi.
Bu soha juda qisqa muddatda, keyinroq rivojlanib ketdi.
Ikkinçidan, biz mustaqillikka erişgaç, umuman boşqaça ijtimoiy formatsiyaga ötdik. Bizning muammolarimiz özgardi. Ular tirikçilik va yaşaş kabi öylarga almaşdi. Bu öylar, muammolar bizning öşa 1980-90 yillarda mutolaaga ajratgan vaqtimizni töliq egalladi, yutib yubordi.
Odamlar mutolaa qiliş, fikrlaş örniga tirikçilik uçun vositalar qidirişga ötib ketdi. Bu esa kundalik odatga aylandi. Odamlar tirikçilik ortidan quvar ekan, mutolaa esdan çiqa boşladi.
Texnika rivojlanişi va inson qölida telefonlar paydo bölişi bilan esa unda boşqa imkoniyatlar paydo böla boşladi.
Maktablarda ham huddi şunday böldi. Kutubxonalarda kitobga talab tuşa boşladi.
Yana bir holat böldiki, unga köra, juda köp kitoblar pastdagi rahbarlarning öylab körmay, kommunistik va şöro davri idealogiyasini yöqotamiz degan fikrlari bilan yöq qilindi. Yoqildi, makulatura qilindi.
Oqibatda nima böldi? Yoppasiga kutubxonalar böşatildi. Bunda kitobning farqi yöq edi. Uning muqaddimasiga kommunizm davridan qaysidir fikr berilgan bölsa böldi edi. Navoiyning kitobi bölmaydimi, yöqotildi.
Millat öqimay qöyganiga birinçi sabab şu — bozor iqtisodiyotiga yelib yuguriş.
Ikkinçidan odamlarda kitobga ehtiyoj yöqoldi. Nega siz kitob öqişingiz kerak? Axir, test yodlasangiz va imtihonda test yeçib bersangiz böldi-ku.
Bunda badiiy asar öqişdan köra, ellikta test yodlaş foydaliroq bölib qoldi. Yana badiiy asar öqişdan köra, undagi neçta qahramon bor ekanligini testdan yodlaş foydaliroq böldi.
Bugun biz yoşlarda şu ehtiyojni paydo qilişimiz kerak. Yuqorida aytganimizdek, imtihonlarda inşo yoziş amaliyoti bölişi kerak. Bu har qanday yönalişda bölişi kerak. Mutolaani qaytarişning yöli şu. Odamda inşo yoziş uçun kitob öqişga ehtiyoj paydo böladi.
Siz bugun biror kişining qöliga 10ta kitob bering va şu kitoblarni öqisang bir haftadan keyin Parijga öqişga kirasan, deng. U şu 10ta kitobni bir haftada emas, tört kunda öqib çiqadi. U inşo ham yozadi. Fikrlaşga örganadi. Ehtiyoj odamni hamma narsaga örgatadi.
Odamlar adabiy jurnallar, gazetalarni öqimay qöyganiga sabab faqat internet emas. Bu odamning irodasiga boğliq narsa. Uni quliga aylanmagan bölsangiz. Masalan, uni istagan paytda öçirib qöyib, kitob öqişingiz mumkin.
Bu yerda öşa biz aytayotgan gazeta va jurnallar bizgaça yetib kelyaptimi degan gap ham bor. Hozir ayrim kişilar, hatto ziyoli kişilar «Şarq yulduzi» haliyam çiqyaptimi, deb hayron bölib sörab qoladi. Ular bu jurnallarni hozir ham çiqayotganini, borligini bilmaydi.
Hozir Özbekistondagi eng katta adabiy jurnallarimiz adadi ham 1000tadan biroz oşsa oşadiki, köp emas.
Mana, nihoyat, oxirgi vaqtlarda prezident bu masalaga e'tibor qaratyapti va adabiy jurnallar maktablarga ham yetib borsin, degan topşiriqlar beryapti.
Özingiz öylang, maktabdagi adabiyot öqituvçisi özi 1 dona jurnal öqimasa, adabiy yangiliklarni bilmasa, u qanday qilib maktabda adabiyotni boşqalarga örgatadi? Heç kim şu savolni öziga-özi bermayapti. Bahona tayyor, majburiy obuna mumkin emas.
Jurnallarning saviyasi masalasiga kelsak. Ular saviya masalasida talabga javob beradi. «Şarq yulduzi» ham, «Yoşlik» ham, «Jahon adabiyoti» ham. Hatto öşa davrlardagidan köra yaxşiroq javob beradi. Gap uni öqişda. Sababi, hozir asarlar horijiy tillardan töğridan-töğri tarjima qilinyapti.
Jurnallardagi romanlar, çiqayotgan asarlar, adabiyotimiz qayoqqa ketayotgani, undagi tendensiyalar, barça-barçasi jurnallarimizda körinib turibdi. Şularni öqib hammasini bilib oliş mumkin. Hozirgi yoşlarimizning jurnallarda çiqayotgan şe'rlaridagi daraja öşa paytlardagidan köra balandroq ham. Bellaşadi öşa davrdagi şe'rlar bilan.
— 2019 yilni noyabr oyidan boşlab insoniyat boşiga katta bir sinov tuşdi. Bu koronavirus pandemiyasi sinovi.
Afsuski, bir qaraşda aql idrokda, texnologiyalarda katta-katta evrilişlar qilgan, bu bilan havolanib köksiga muşt urayotgan inson hali hamon şu közga körinmas darajada kiçik virusni yengişni udda qilolmayapti.
Aziz aka, nazarimda, bu balolar öz-özidan ham kelayotgani yöq va agar qandaydir falsafiy muşohadalar, tafakkur qilinadigan bölsa, uning kelib çiqiş sabablari ham topiladigandek.
Aytingçi, yangi asrimizning yaqin ön yilliklarida insoniyat fe'l atvorida nimalar özgardi, qanday salbiy evrilişlar röy berdiki, uning boşiga bunday balo yoğilmoqda. Xöş, bu ofat insoniyatga nimalarni örgatişi kerak?
— Bu haqdagi mulohazalar juda köp bölyapti. Uni falsafiy, diniy va insonning fikrlaş, tafakkur qiliş jihatlaridan kelib çiqib köp tahlil qilişyapti.
Öylaşimça, buni koronavirus bilan boğlaymizmi-yöqmi, insoniyat texnokratiyaning eng oliy bosqiçiga çiqqan oxirgi ön yillikda juda köp fazilatlaridan mahrum bölib boşladi. Rahmdillik yöqoldi. Biz hozir Suriya yoki boşqa bir davlatda bölayotgan uruşlarni, qon tökişlarni unga fakt sifatida qaraşga örganib qoldik. Nari borsa, şu yerda jiddiy uruş bölyapti, qon tökilyapti, şu yerda heç uruş tugamadi-da deb qöyamiz. Yuragimiz insoniyatning falokatlari uçun yiğlamay qöydi.
Rostgöylik yöqoldi, yolğon köpaydi. Bu işlar gunoh emas, oddiy işday qabul qilinadigan bölib qoldi. Bu narsalar yaşaş qonuniyatiga aylanib qoldi. Tabiiy qabul qilinyapti.
Odamlar birovning haqidan qörqmay qöydi. Öğrilik (u faqat mol emas, vaqt, xalqning haqi, hissiyot, tuyğular) köpaydi. Hatto şunday böldiki, pandemiya vaqtida yordamga muhtojlar uçun atalgan moddiy vositalar öğrilana boşladi. Buni men insoniyat deb gapiryapman, lekin ota-onaga, aka-ukaga, dini-diyonatga xiyonatlar köpaydi. Biz şungaça yetib keldik. Şu nuqsonlarimiz bor ekan, şu kungaça yetib kelibmiz. Virus şularni bizga eslatdi.
Mana endi qadr-qimmat va boşqa ezgu tuyğular sal qadrlanyapti. Odamlar birovni emas, özini ham baholaşi kerakligini esga oldi.
Insonlar men oxirgi marta kimga yaxşilik qildim, deb öylab boşladi. U tuşundiki, faqat moddiy emas, ruhoniy hayot ham bor. Çunki odam qaçon ölim bilan yuzma-yuz kelsa ruhoniy xayollar qila boşlaydi.
Allohning çorasi köp. U istagan şaklda bandasini ogohlantirib qöya oladi. Bu ham şunday ogohlantirişlar biri deb öylayman.
Buni Allohning insonlarga qarata «Hammang ham bir odam ato, momo havoning bolasisan, hamjihat böl!», degan kalomidek tuşundim.
Mana, odamzod bir odam ekanki, AQŞ bizga yordam yuboryapti, Rossiyadan boşqa davlatga, bizdan Xitoyga yoki Turkiyadan yana boşqa yurtga yordam boryapti. Töğri, buni nomi siyosat deyilar, lekin baribir, inson bir-biriga yordam beryapti-ku. Şu tuyğular bor ekan-ku, odamzod bir-biri bilan döst bölib yaşasa ham bölarkan-ku. U bir biriga faqat toş, avtomatdan öq emas, yordam yuborsa ham bölar ekan-ku.
Inson bir davlatdan ikkinçisiga borsa, yangi madaniyat, urf-odatlarni körib xursand böladi.
Inson nemismi, italyanmi, inglizmi, u baribir inson. Pandemiya şularni yana bir eslatdi.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.