«Bu haqiqiy ğalaba. Barça öz joyida. Prezident Sooronbay iste'fo berdi. Spiker Kanat Isayev prezident funksiyalarini bajara olmasligi töğrisida ariza yozdi. Şu tufayli bugundan davlat rahbarining barça vazifa va majburiyatlari menga ötdi», - dedi Japarov hukumat uyida öz tarafdorlari qarşisidagi çiqişida.
Kun avvalida mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qon tökilişiga yöl qöymaslik uçun prezidentlik lavozimini tark etayotganini e'lon qilgandi. Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga köra, davlat rahbarining barça majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga ötişi belgilangandi.
Namoyişlar vaqtida bir neça kun davomida parlament spikeri bölib turgan Miktibek Abdildayev 10 oktabr kuni iste'foga çiqqanini e'lon qilgandi.
Prezident iste'fosi töğrisidagi çaqiriqlar ötgan hafta boşidagi mitinglarda yangray boşlagandi, öşanda parlament saylovida parlamentdan örin ololmagan muxolifatçi partiyalar norozilik namoyişlarini boşlaşgandi.
6 oktyabrga ötar keçasi namoyişçilar «Mekenchil» («Vatanparvar») partiyasi asosçisi bölgan Sadir Japarovni qamoqdan ozod qilişgandi. U 2013 yilda Qorakölda mitinglar uyuştirgani hamda Issiqköl gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olgani uçun 2018 yilda 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Namoyişlar vaqtida şu yil yozidan buyon hukumatni boşqarib turgan Kubatbek Böronov iste'fo berdi.
6 oktabr kuni Qirğiziston parlamenti deputatlarining bir qismi Sadir Japarov nomzodini mamlakat boş vaziri lavozimiga tasdiqladi.
Ammo 13 oktabr kuni prezident Sooronbay Jeenbekov parlament qarori yuridik kuçga ega bölişi uçun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berişi kerakligini aytib, Japarovni boş vazir sifatida tan olmadi.
14 oktabr kuni Qirğiziston parlamenti Sadir Japarovni yana bir bor boş vazirlikka tayinladi va bu safar prezident uning nomzodini qabul qildi.
Aynan uning talabi ortidan Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirğiziston prezidentligidan iste'foga çiqdi.









