Viloyat hokimligi xabariga köra, Tohir Rapiqov Vazirlar Mahkamasida agrar va oziq-ovqat sohalarini  rivojlantiriş masalalari kotibiyatini boşqaradi. 

T. Rapiqov 1974 yilda Çust tumanida tuğilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Çust tumani agroxizmat uyuşmasi mutaxassisligidan boşlagan. 1997—2000 yillarda tuman qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi yetakçi va boş mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bölimi boş mutaxassisi va boşliği, 2005—2007 yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari bölib işlagan.

2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016 yillarda Yangiqörğon tumani, 2016—2019 yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi bölgan.

Tohir Rapiqov 2019 yildan hozirgaça Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.