Tadbirda kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, şuningdek, 13 oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytiriş kuni doirasida olib borilgan çora-tadbirlar böyiça ma'lumotlar öqib eşittirildi.

Ma'lum qilinişiça, aholi turar joylarida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida 5 mln 737 ming 618ta aholi turar joylaridan 496 ming 731tasi va 27 915ta dala hovlilardan 3 157tasi tekşirib çiqildi. 79 410ta kamçiliklar aniqlanib, şulardan 58 082tasi bartaraf etilgan.

Ötgan 2019/2020 yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş davrida respublikada 6 805ta yonğin sodir bölib, oqibatda 82 nafar fuqaro halok bölgan va 139 nafar inson kuyiş tan jarohatini olgan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori 50 mlrd sömdan ortiqni taşkil etgan. Sodir bölgan yonğinlarning 5 986tasi, ya'ni 88 foizi aholi turar-joylariga töğri kelgan.

Yonğinlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 30 foizi elektr uskunalaridan foydalaniş qoidalarining buzilişi, 23 foizi oçiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalaniş, 20 foizi isitiş peçlarini quriş va işlatiş qoidalarining buzilişi, 9 foizi bolalar şöxligi oqibatida, 8 foizi çekişdagi ehtiyotsizlik, 3 foizi gaz jihozlaridan foydalaniş qoidalarining buzilişi, şuningdek, 16tasi gaz va havo aralaşmasining çaqnaşidan sodir bölgan.

Aynan qiş mavsumida örtaça har 3ta sodir bölgan yonğinning bittasi isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş yoki nosoz va nostandart isitiş moslamalarining işlatilişidan kelib çiqqan bölib, ayançli oqibatlarga olib kelgan.

Bundan taşqari, gaz ta'minoti idoralari tomonidan gaz jihozlari sozligining örnatilgan tartibda körikdan ötkazilmasligi va texnik xizmat körsatilmasligi, dudburonlarni tozalaş, sozlaş, ularni qoida talablari asosida örnatiş böyiça xizmat körsatuvçi maxsus taşkilotlarning talab darajasida iş olib bormasligi, şuningdek, fuqarolar tomonidan gaz, elektr va boşqa issiqlik energiyasi turlaridan notöğri foydalaniş, texnik qoidalarga rioya etmaslik, nosoz gaz asbob-uskunalaridan foydalaniş oqibatida 2019 yilning oktabr oyidan 2020 yilning 31 mart kuniga qadar (isitiş mavsumida) jami 107ta noxuş holat yuzaga kelgan.

Şulardan 52tasi gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq holatlar bölib, ularda 89 nafar fuqaro kuyiş tan jarohatini olgan, 3 nafar fuqaro vafot etgan, şuningdek, 55ta is gazidan zaharlaniş bilan boğliq holatlar sodir bölib, ularda 75 nafar fuqaro jabrlangan va 73 nafar fuqaro vafot etgan.

Kun.uz muxbiri aholi turar joylarida olib borilayotgan profilaktik tarğibot tadbirlari qançalik samaradorligi, noxuş holatlar qançalik kamayayotgani haqida savol berdi.