«Beşafqat ölim xalqparvar va fidoyi inson, Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani hokimi A'zamxon Bahromovni 60 yoşida oramizdan olib ketdi.
Janozasi bugun - 2020 yil 19 oktabr kuni soat 13:00da Toşkent şahri Yunusobod tumani «Uç qahramon» mahallasida böladi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.
A'zamxon Bahromov 1960 yil 12 yanvarda Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida tuğilgan. U 1986 yil Toşkent xalq xöjaligi institutini (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1986-1992 yillarda şu institut assistenti, aspiranti bölgan. Keyinçalik Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining katta öqituvçisi, dotsenti, dekan örinbosari vazifasida işlagan. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi, turli hokimlik, idora va taşkilotlarda mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
A'zamxon Bahromov 2006 yilning dekabridan 2008 yilning apreligaça viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, söng Qöşrabot tumani hokimi (04.09.2017 – 11.11.2017) lavozimida işlagan, 2017 yil 11 noyabrda Kattaqörğon tumani hokimi vazifasiga tayinlangan edi.
Marhumning ölimi sababi haqida aniq ma'lum qilinmagan.
- Ma'lumot uçun, pandemiya davrida hududiy rahbarlar orasida bir neça ölim holatlari qayd etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev koronavirus tufayli vafot etgan.
- Iyul oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni bölgandi. 8 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumani hokimi Ğayrat Begaliyev va uning örinbosarlaridan biri koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.
- Sentabr oyi boşida Kattaqörğon tumani prokurori Oybek Xöjayev vafot etgandi.
- 29 sentabr kuni Andijon viloyatidagi Xonobod şahri hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etgani ma'lum böldi.
- 7 oktabr kuni Namangan viloyati hokimi örinbosari Bahromjon Nurmatov hamda Andijon viloyati Oltinköl tumani hokimi Nazirjon Örinboyev kasallik oqibatida olamdan ötgani xabar qilindi.








