Özbekistonda qişloq hududlaridagi boşlanğiç sinf öquvçilarining özlaştiriş natijalari şahar maktabi öquvçilariga qaraganda 0,9 foizga yuqoriroq. Bu haqda «Inson kapitali indeksi-2020» reytingida Özbekiston natijalariga bağişlab ötkazilgan onlayn konferensiyada Xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi direktori örinbosari Hikmatilla Daminov ma'lumot berdi.
Uning qayd etişiça, bu statistika 2019 yilning noyabr oyida Jahon banki bilan hamkorlikda ötkazilgan TIMSS xalqaro tadqiqot natijalarida qayd etilgan.
«Boşlanğiç sinf bolalarining özlaştirişi ota-onaning qöllab-quvvatlaşiga köp jihatdan boğliq böladi. Şahar hududlarida ota-onalarning köproq bandligi sababmi, şahar maktablariga nisbatan qişloq maktablarida özlaştiriş körsatkiçi 0,9 foizga yuqori çiqdi. Şuning uçun ota-onalardan bolalarining özlaştirişiga e'tiborli bölişini, köproq vaqt ajratişini sörab qolamiz», dedi u.
Uning qayd etişiça, şahar maktablaridagi bir va ikki smenali maktablardagi özlaştiriş körsatkiçlari ham örganilgan.
«Bir smenali maktablardagi özlaştiriş ikki smenali maktablarga qaraganda 7,2 foizga kam bölgan. Bir qaraganda bu narsa mantiqsizdek tuyulişi mumkin. Lekin şaharlarda maktablar ikki yoki uç smenali bölib qolgani ularda ta'lim sifati yaxşiligi bilan boğliq. Şuning uçun ham ota-onalar bolalarini bu maktablarda öqitişni xohlaydi. Va bu maktablarda öquvçilar soni ham oşadi», dedi u.
Eslatib ötamiz, Jahon banki tomonidan e'lon qilingan inson kapitali indeksida Özbekiston ilk bor qatnaşib, 62 foizlik natija qayd etgan.











