Rustam Şodiyev 1938 yil 15 mayda ziyolilar oilasida tuğilgan. 1955 yilda Toşkent şahridagi 28-sonli maktabni oltin medal bilan tugallab, Moskva davlat iqtisodiyot institutiga öqişga kirgan.
U öz mehnat faoliyatini 1960 yilda Özbekiston Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot institutida laborantlikdan boşlagan va 26 yil davomida kiçik ilmiy xodimdan to ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari lavozimigaça bölgan poğonalarni bosib ötgan.
1967 yilda Moskva şahrida nomzodlik, 1981 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1983 yilda professor unvonini olgan.
1980-1984 yillarda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) “Suriya Arab Respublikasida mehnatni taşkil etiş va samaradorligini oşiriş” nomli loyihasiga rahbarlik qilgan. Safardan qaytgaç, mehnat vaziri örinbosari va Taşqi işlar vazirligida boşqarma boşliği lavozimlarida işlagan. Bank-moliya akademiyasi ilmiy markaziga rahbarlik qilgan.
1997 yildan 2005 yilgaça Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, 2005-2019 yillarda esa Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro turizm” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritgan.
U özbek tilida ilk bor 2005 yilda va keyinçalik qayta çop etilgan “Jahon iqtisodiyoti” fani darsligining muallifidir. 120dan ortiq maqolalari (ulardan 18tasi xorijda) va 4ta (bittasi ingliz tilida) yirik monografiyasi çop etilgan. 3 nafar fan doktori va 30 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodini tayyorlagan. 1988 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bölgan.
Rustam Şodiyev ÖzFA Kibernetika institutida, keyinçalik Mehnat vazirligi qoşidagi ilmiy tekşiriş institutida katta ilmiy xodim lavozimida işlagan.








