Davlat statistika qömitasi 2020 yil yanvar-sentabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi haqida ma'lumot berdi.
Xususan, yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmi oşgan. 2019 yilning şu davrida 186 432 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 217 771 dona.
Avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2020 yil yanvar-sentabr oylarida 59 252 dona Cobalt, 52 689 dona Nexia T-250, 39 960 dona Lacetti-Gentra, 39 631 dona Damas, 19 980 dona Spark hamda 6 259 dona Labo avtomobili işlab çiqarildi.
Yuk avtomobillarini işlab çiqariş kamaydi. 2019 yilda - 4 028 dona, 2020 yilda - 2 936.
Avtomobil dvigatellarini işlab çiqariş köpaydi. 2019 yilda 140,2 ming dona dvigatel çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 174,5 ming.
2020 yil yanvar-sentabr oylarida traktor işlab çiqariş hajmi 630 donani taşkil etdi, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 42,7 foizga kamaygan.












