Davlat test markazi boş yuriskonsultanti Guljahon Madrahimova Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida umumta'lim fanlari böyiça sertifikatlaş tizimi imtihonlari murakkabligi jihatidan yozgi imtihonlar, ya'ni OTMlarga kiriş testlaridan qançalik farq qilişi haqida aytib ötdi.

«Milliy test tizimida foydalaniladigan savollarning formati yozgi testlarda foydalaniladigan savollardan ança farq qiladi. Bu testlar turli kompetensiyalar orqali baholanadi, ya'ni yozma, grammatika va oğzaki nutq kompetensiyasi tekşiriladi.

Yozgi test sinovlarida esa, odatiy test sinovlaridan foydalanilgan va uning qiyinlik darajasi Milliy sertifikatlaş tizimida foydalaniladigan savollardan ança yengil», – dedi Madrahimova.

DTM mas'uli milliy test tizimi ötkazilişi tartibi böyiça ma'lumot berdi.

«Sertifikat oliş uçun milliy test tizimida bitta fandan çuqur bilimga ega böliş talab qilinadi hamda imtihonlar yil davomida ixtiyoriy tartibda ötkaziladi. Talabgorlarimiz yil davomida öz imkoniyatlaridan kelib çiqib imtihon topşirişlari mumkin.

Mazkur sertifikatga ega bölgan abituriyentga faqat öşa fandan proporsional ball berilişi belgilangan. Masalan, sertifikat oliş jarayonida abituriyentimiz 80 yoki 90 foizlik körsatkiçlarni körsatişi mumkin, bu yozgi test sinovlari öşa fandan maksimal ballning aynan şunça foizi berilişini bildiradi», deya qöşimça qildi u.

Şuningdek, qaçon barça umumta'lim fanlari böyiça sertifikatlaş tizimi joriy qilinişi ma'lum qilindi.

«Qarorda körsatib ötilganidek barça umumta'lim fanlari böyiça sertifikatlaş tizimi joriy qilinişi belgilangan. 2024 yilgaça bosqiçma-bosqiç barça umumta'lim fanlari böyiça uşbu tizim joriy qilinadi», dedi Guljahon Madrahimova.

  • Ma'lumot uçun, bitta fandan test topşiriş qiymati BHMning 1,5 baravari etib belgilangan. Talabgor test topşiriş uçun DTM saytida röyxatdan ötadi.