
Ta'kidlanişiça, olimlar innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topşiriğiga binoan, bundan taxminan bir oy oldin virusning butun dunyo böylab tarqalayotgani, virusning Özbekistonga ham kirib keliş xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini işlab çiqiş ustida iş boşlagandi.
Ayni paytja markazning biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlaş böyiça test sistemasi işlab çiqildi. Test sistemasi COVID-19 virusi genomining uç uçastkasining PsR usulidagi tahlilga asoslangan va bu özbek olimlari tomonidan işlab çiqilgan test sistemasining xususiyati bölib, hozirgi kunda xizmatdagi mavjud bölgan testlar faqat bir uçastka tahliliga asoslangan.
— Bizning töplamimiz JSST hamda Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi tavsiyalari asosida işlab çiqildi, — deydi işlab çiqaruvçilardan biri, biologiya fanlari doktori Alişer Abdullayev. — JSST tavsiyalariga köra, birinçi navbatda koronavirus testi asosiy sinov sifatida amalga oşiriladi va keyin uni tasdiqlaş uçun COVID-19 genomining yana ikkita qismida test ötkazilişi kerak. Yakuniy bosqiç aniqlangan ştammni tartiblaşdan iborat, bu virusning mutatsiya darajasini aniqlaş uçun muhimdir, çunki boşqa tez tarqaladigan viruslar tufayli COVID-19 virusi mutatsiyalarga uçraydi.

Mahalliy test sistemasini yaratiş jarayonida Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi tomonidan Qöşma Ştatlarda işlab çiqarilgan ijobiy test namunalari tezkor yetkazib berildi.
— Keyingi bosqiçda test tizimimizni röyxatdan ötkazişimiz kerak va işlab çiqarişni yölga qöyişimiz mumkin böladi, — deydi Ilğor texnologiyalar markazi direktori Şaxlo Turdiqulova. — Bizning markazimiz diagnostika test sistemalarini işlab çiqariş uçun maxsus uçastkasiga ega. U yerda bizning startapçilarimizdan biri —“Biotestlab“ jamoasi işlaydi. Startap yoş, lekin biz bunday işlab çiqarişda tajribaga egamiz.
Ma'lum qilinişiça, mazkur test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir. Kasallikka taşxis qöyiş uçun inson dimoğidan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus töplanadi. Söngra virus RNKsi olinadi, DNK şakliga ötkaziladi va PsR tahlili amalga oşiriladi — butun jarayon taxminan 5-6 soat vaqtni oladi. Bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalaniş mumkin bölgan tölaqonli test böladi.

















