Bugun, 20 noyabr kuni Davlat boşqaruvi akademiyasi yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutida ötkazilgan «Yoşlarda ijtimoiy faollikni şakllantirişning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar» mavzusidagi konferensiyada deputat Rasul Kuşerbayev test tizimidan butunlay voz keçiş kerakligi haqida gapirdi.

Tadbir iştirokçilaridan biri bugungi kunda bolalar psixologlar tavsiyasi asosida layoqatiga qarab maktabga qabul qilinayotgani, bu ularning qobiliyati yuza çiqişiga katta yordam berayotganini ta'kidlab, bu tajribani oliy ta'lim tizimiga, xususan, pedagoglarni tayyorlaş jarayoniga ham joriy etiş lozimligi, çunki abituriyentlar test sinovlaridan ötib, talaba bölgani bilan ularda köp hollarda bolalarga dars beriş, öquvçilar bilan işlaş layoqati yetişmayotgani, buning oqibatida pedagogika yönalişida öqigan yigit-qizlarning köpçiligi boşqa sohalariga ötib ketayotganiga e'tibor qaratdi. Mutasaddilardan yuqoridagi omillarni inobatga olib, kiriş imtihonlaridan oldin abituriyentlarni psixologik suhbatdan ötkazib, ularning tanlagan sohasi böyiça layoqatini sinovdan ötkaziş joriy etilişi ehtimoli bor-yöqligi söraldi.
Rasul Kuşerboyev bu savolga javoban test tizimi ma'lum bir qolipdagi savol-javoblar bilan abituriyentga oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişiga kafolat berişi mumkinligi, lekin bu tizim nomzodning dunyoqaraşi, psixologik dunyosi qay darajada ekanini aniqlab bermasligi haqida gapirdi.
«Test tizimidan butunlay voz keçib, abituriyentlar öqişga faqat suhbat, savol-javob asosida qabul qilinişi kerak deb hisoblayman va bu özini oqlaydi.
Nafaqat pedagogika, balki hamma yönalişlar nomzodlar böyiça oliy ta'lim muassasalariga savol-javob va suhbat asosida öqişga qabul qilinişi kerak. Savol-javob qiladigan, suhbat oladigan halol, adolatli, korrupsiyaga yöl qöymaydigan mutaxassislarni topa olsak, masala şu yerda. Men şunday hisoblayman. Test tizimi heç qaçon özini oqlamaydi», deya Rasul Kuşerbayevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mazkur masala yuzasidan prezident maslahatçisining birinçi örinbosari, Yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisi Alişer Sa'dullayev ham öz munosabatini bildirib ötdi.








