Özbekiston Respublikasi prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş va ularning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirokini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning ustuvor yönalişlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta'lim tizimini yaratiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.Hududlarda yangi oliy ta'lim muassasalarining taşkil etilişi, kadrlar tayyorlaşning zamonaviy ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va keçki bölimlarning oçilişi, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarining oşirilişi mazkur yönalişdagi muhim islohotlar hisoblanadi, deyiladi prezident qarori matnida.

Şu bilan birga oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşirişga, respublikada amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanişlarda uşbu muassasalarning faol iştirokini ta'minlaşga tösiq bölayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, deyilgan va muammolar sanab berilgan.

  • birinçidan, oliy ta'lim tizimida öqitişni taşkil etiş jarayoni, ta'lim olayotgan talabalar bilimini baholaş tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;
  • ikkinçidan, professor-öqituvçilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik könikmasini baholaşning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatmoqda;
  • uçinçidan, oliy ta'lim muassasalariga kiriş test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlaş qobiliyatini aniqlaş imkonini bermayotganligi iqtidorli yoşlarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilişda muammolar keltirib çiqarmoqda;
  • törtinçidan, oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoni ustidan samarali jamoatçilik nazoratining örnatilmaganligi uşbu sohada köplab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolişiga sabab bölmoqda;
  • beşinçidan, oliy ta'lim muassasalarining mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli va tizimli özgarişlardagi iştiroki hamda taşabbuskorligi sezilmayapti, ularning uşbu yönalişdagi faoliyati hanuzgaça qoniqarsiz bölib qolmoqda;
  • oltinçidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatçilikka tuşuntirişda oliy ta'lim muassasalarining faol iştiroki yölga qöyilmagan;
  • yettinçidan, oliy ta'lim muassasalari innovatsion va texnologik ğoyalar bilan fikr almaşadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegişli sohalarda mavjud muammo va kamçiliklarni tizimli örganiş, tahlil qiliş va ularning yeçimi böyiça taklif kiritiş borasida professor-öqituvçilar, yoş olimlar va talabalarning taşabbus körsatişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmagan.