Uçraşuvda Frankfurt tinçlik tadqiqotlari instituti ijro qömitasi a'zosi Hans Yoahim Şpanger şu kungaça Putin bir marotaba ham izoh bermagan Navalniyning zaharlanişi mavzusida savol söradi.
Putinning sözlariga köra, aynan u Navalniyning Germaniyada davolanib kelişini ta'minlaş böyiça Boş prokuraturaga topşiriq bergan.
Şpanger Moskva Karnegi markazi direktori, siyosatçi Dmitriy Treninning Navalniyning zaharlanişi Rossiya-Germaniya munosabatlarida buriliş nuqtasi bölgani haqidagi sözlaridan iqtibos keltirdi. Uning fikriça, Merkel ketgaç, rasmiy Berlin Rossiyaga nisbatan boşqa Ğarbiy Yevropa davlatlari kabi munosabatda böladi.
«Siz gapirayotgan şaxs… Agar hukumat kimnidir zaharlamoqçi bölganida, uni Germaniyaga davolaniş uçun yuborgan bölarmidi, şunday emasmi? – deya javob berişni boşladi Putin. – Uşbu fuqaroning ayoli menga murojaat qilgan zahoti men Boş prokuraturaga uni xorijga davolaniş uçun çiqariş imkoniyatlarini körib çiqişni topşirdim. Axir, biz uni jinoiy iş va tergovga aloqadorligi uçun qöyilgan çeklovlar tufayli xorijga çiqarmasligimiz ham mumkin edi-ku».
«Men darhol Boş prokuraturadan bunga ruxsat berişini söradim va u ketdi», – dedi Putin.
Şundan söng Putin butun dunyoga maşhur jangovar zahar guruhiga kiruvçi «Noviçok»ning işlatilişiga oid ayblar haqida gapirdi. U qanday asoslarga köra uşbu zahar işlatilgani haqida xulosa qilingani va bu ma'lumotlarni bir neça marotaba rasmiy Moskvaga taqdim qiliş söralganini qayd etdi. Putin, şuningdek, Rossiya Boş prokuraturasi bir neça marotaba Berlinga sörov yuborganini eslatib ötdi. «Biz noodatiy nima söradik», – deya qöşimça qilgan Vladimir Putin.
Moskva-Berlin munosabatlariga töxtalar ekan, Putin harbiy vaqtlardan söng Rossiya Germaniya bilan doimo yaxşi munosabatda bölganini aytdi.







