Ammo bu «Lids»ga xalaqit bermadi, hal qiluvçi qahramon esa Patrik Bemford böldi.
«Ikkinçi bölimda, hisob 0:0 ekanida meni almaştirib yuborişsa kerak, deb öyladim», – deya kuldi öyindan söng töpni esdalik uçun uşlab olgan hujumçi. Bilamizki, odatda het-trik qilgan futbolçilar töpni uyga olib ketadilar. Bemford 19 daqiqada raqib darvozasini uç marta aniq nişonga olişga muvaffaq böldi.
Aslida, Bemford nafaqat uşbu öyinda, umuman «Lids» tarkibida zaxira variantiga aylanişga yaqin turgandi. Chempionship yulduzining APLda ham birdek muvaffaqiyat qozonişiga u qadar işonqiramagan klub «Valensiya»dan Rodrigoni katta summaga sotib ham olgandi. Ammo hozirça, Bemford nafaqat «Lids»da, balki butun ligada közga köringan hujumçilardan biri bölib turibdi. «Aston Villa» bilan öyindagi gollar esa, bir neça jihatlarda tarixiy böldi.

- «Lids» 17 yildan beri APLda het-trik körmagandi – oxirgisi 2003 yilda Mark Viduka tomonidan amalga oşirilgan. Töğri, bu davrda jamoa APLda öynamagandi ham.
- Bemford «Lids» tarixida safar uçraşuvining bir bölimida het-trik qayd etgan ilk futbolçiga aylandi. Hujumçi şuningdek, jamoasidagi ilk het-trigiga erişdi.
- Oxirgi 28 yilda ilk marta, APL debyutanti qatorasiga olti uçraşuvda maydonni golsiz tark etmadi. 1992/93 yilgi mavsumda «Midlsbro» şunday körsatkiç qayd eta olgandi.
- Patrik 6 turdan söng, 6 gol urib, Muhammad Saloh bilan birgalikda töpurarlar bahsida uçlikni zabt etib turişibdi. Faqat Kelvert-Lyuin va Son Xon Min hisobida köproq gol bor.
Patrik Bemford «Çelsi»ning öşa maşhur ijara siyosatining yorqin nomoyondalaridan biridir. U 2012 yilda London klubida paydo bölgan, beş yil davomida olti marta turli klublarda ijarama-ijara yurib, «Çelsi» safida birorta ham öyinda maydonga tuşa olmagan. Keyinçalik, «Midlsbro»ga borgan, sönggi yillarda «Lids Yunayted»da töp surib kelmoqda.
Bemfordning oçilişida Marselo Belsaning xizmati katta – hujumçi murabbiyning yoqimtoy şogirdlaridan biri hisoblanadi. Ötgan mavsumda Bemford 43 öyinda asosiy tarkibda tuşirildi. Bemfordning eng katta kamçiligi vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik edi – mavsum davomida 16 gol urgan futbolçi qulay imkoniyatlardan foydalana olmaslik borasida ham «tengsiz» bölgan. Bemford 34 marta xavfli vaziyatni golga aylantira olmagan – bu boradagi eng yaqin ta'qibçidan 16taga köp. xG jadvalida u yana 12 marta gol urişi lozim edi. Ammo bu yaqqol kamçilik ham Belsaning hujumçi haqidagi ijobiy fikrini özgartirmadi. Premer Ligada hozirça, hammasi boşqaça ketmoqda.









