«Fuqarolarni kasbga öqitiş birinçi navbatda mehnat bozorining talabidan kelib çiqib amalga oşiriladi. Biz asosiy uçta talabni qöyamiz. Birinçisi, iş beruvçi taşkilotlarning talabi. Korxona bizga şu yönaliş, masalan, tikuvçilik, biçuvçilikka mana şunça mutaxassis kerak degan talabni beradi. Mana şu talabga asosan öqitamiz. Öqitganimizdan keyin ular töğridan töğri işga joylaşadi.

Ikkinçi yönaliş ham bor. Özbekistonda mehnat bozorida norasmiy bandlik yuqori. Ya'ni jami band aholining 58 foizi norasmiy sektorda band. Bu degani fuqaroning özi ham «meni mana şu yönalişda öqitsangiz, ertaga işga joylaşib ketişim aniq» deb hisoblaydi. Bu böyiça ham biz ularning talabini qondiramiz.

Uçinçisi, har yillik investitsiya dasturlari, yangi iş örinlarini yaratiş dasturlari, ya'ni har bir hudud, tuman, şaharda yaratilayotgan yangi iş örinlarining prognozi, rejalar qilinadi. Öşa korxonalar uçun kasbga öqitişga buyurtma şakllantiriladi va şakllantirilgan buyurtma asosida öqitiladi.

Kasbga öqitib, qayerdan iş topsang, top deb çiqarib yuboriş bölmaydi», dedi Temur Mahmudov AOKAda «Aholi bandligi töğrisida»gi qonunning ahamiyati va sohaga oid eng dolzarb masalalar yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida.