«Özbekistonda işsizlik darajasini aniqlaş Vazirlar Mahkamasining 1011-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Bu har çorakda, ya'ni bir yilda tört marta tumanlar, qişloqlar, şaharlar, xonadonlar tanlanma asosida örganilib, Xalqaro mehnat taşkiloti tan olgan metodika asosida işsizlik darajasi hisoblanadi.

2020 yilning ikkinçi çoragida, aynan pandemiya kötarilgan davrda iyul oyining boşida e'lon qildik: Özbekistonda işsizlik darajasi 13,2 foiz, bu salkam 2 millionga yaqin kişini taşkil etadi. Birinçi çorakda işsizlik darajasi 9,3 foiz, 1 million 300 ming atrofida edi. Pandemiya albatta ta'sir qildi, işsizlik darajasi kötarildi.

Hammamiz bilamizki, erta bahor oylarida Özbekiston fuqarolari çet elga, Rossiya va Qozoğistondagi iş joylariga ketadi. Pandemiya sababli yöllar yopildi. Beş yuz mingdan ortiq fuqarolarimiz çet eldagi iş joylariga borolmay qoldi. Bundan taşqari, pandemiya davrida aksariyat taşkilotlar öz faoliyatini töxtatdi. Iş joylari yopilgani hisobiga işsizlik darajasi 13,2 foizga kötarildi», deya Temur Mahmudovning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

U işsizlik nafaqasi haqida ham ma'lumotlar berdi.

«Işsizlik nafaqasi işsiz fuqarolarning mehnat organlariga murojaat qilişi va ularning işsiz deb tan olinişi hisobida yuritiladi. Işsizlik darajasi bilan işsizlik nafaqasini soliştirib bölmaydi. Işsizlik bu – hodisa.

9 oy davomida Özbekistonda 60 ming nafarga yaqin fuqarolar işsiz deb e'tirof etilgan va ularga işsizlik nafaqasi tayinlangan.

Şu bilan bir qatorda, jamoat işlarini ham aytib ötiş kerak. Iş sörab murojaat qilgan fuqarolarni ijtimoiy yönaltirilgan mehnatga jalb qiliş uçun ham fond mablağlaridan samarali foydalanamiz. Sababi işsizlik nafaqasi bersak ham böladi, ularni öziga ma'qul sohada haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qilsak ham böladi.

Bu yil asosiy urğuni köproq jamoat işlariga jalb qilişga berdik. Beş yuz mingdan ortiq işsiz fuqarolarni jamoat işlariga jalb qildik va ularga 450 milliard sömga yaqin mablağ tölab berdik», dedi Temur Mahmudov AOKAda «Aholi bandligi töğrisida»gi qonunning ahamiyati va sohaga oid eng dolzarb masalalar yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida.