«Qonunda özini özi band qilgan şaxslar böyiça alohida moddalar körsatib ötilgan. Bu yerda röyxatdan ötiş tartibi, özini özi band qilgan fuqarolar uçun imtiyozlar belgilangan, kasbga öqitiş böyiça, işlatişdagi ijara qurollarini imtiyozli oliş, tadbirkor sifatida Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasidan ajratilayotgan subsidiyalar böyiça alohida modda körsatib ötilgan.

Şu bilan birga, işçilar markazi böyiça hukumat qarorining yangi loyihasi işlab çiqildi. Xalq muhokamasiga va tegişli vazirlik, idoralar bilan kelişuvga çiqarildi.

Kunlik işçilar markazi mazmunini umuman özgartiryapmiz. Hukumat qarori loyihasida markazlarning qurilişidan tortib, maişiy-ijtimoiy şaroiti, ovqatlaniş, ozgina bölsa ham madaniy hordiq çiqariş, şu bilan bir qatorda, ijara qurollarini beriş masalalari ham közda tutilyapti», dedi Temur Mahmudov AOKAda «Aholi bandligi töğrisida»gi qonunning ahamiyati va sohaga oid eng dolzarb masalalar yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida.

Vazirlik vakili Toşkent şahrida yaratilgan kunlik işçilar markazlari haqida ham gapirdi.

«Toşkent şahrining Yunusobod va Yaşnobod tumanlarida yangi konsepsiyadagi kunlik işçilar markazlarini taşkil etdik. U yerda fuqarolarni röyxatga oliş tartibi, fuqarolar murojaat qilganidan keyin ularning şaxsiy ma'lumotlari şakllantirilib, hududga yuborilib, öz hududida imkoniyat bölsa, doimiy işga joylaştiriş, ovqatlaniş va boşqa ijtimoiy masalalarni ham kunlik işçilar markazida kompleks hal qiliş çorasini köryapmiz.

Bu ham mehnat bozori. Bu ham vaqtinçalik iş. Unga ham talab bor. Buni zamonaviy şaklga ötkaziş böyiça mobil ilova joriy qildik. Hozir uşbu ilovaga kiradigan bölsak, 14-15 ming fuqaroning şaxsiy röyxati bor. Özimiz ham mana şu mobil ilovadan foydalangan holda özimizga kerakli mutaxassis yoki ustani çaqirib, yollaşimiz mumkin böladi. Bu ham tartibga solinyapti.

Mana şu hukumat qarori loyihasida uşbu mobil ilovani «Mening işim» buyurtmalar portaliga aylantiriş közda tutilyapti. Elektron maydonça orqali bu narsani tartibga soliş rejasi bor. Ungaça ham bu masala davlat e'tiboridan çetda qolgani yöq», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.