2020 yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 60 mingga yaqin fuqaroga işsizlik nafaqasi tayinlangan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boşqarma boşliği Temur Mahmudov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik vakili işsizlik darajasi haqida gapirar ekan, 3-çorak natijalari 1-2 haftada e'lon qilinişini aytib, birinçi yarim yillikda işsizlik 13,2 foizni taşkil etgani, ya'ni 2 millionga yaqin fuqaro işga muhtoj deb hisoblanganini qayd etdi.
«9 oy davomida Özbekistonda 60 mingga yaqin fuqaro işsiz deb e'tirof etilgan va ularga işsizlik nafaqasi tayinlangan.
Şu bilan birga, jamoat işlarini ham aytib ötiş kerak. Ya'ni iş sörab murojaat qilgan fuqarolarni ijtimoiy yönaltirilgan mehnatga jalb qiliş uçun ham fond (Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi – tahr.) mablağlaridan samarali foydalanamiz. Sababi, işsizlik nafaqasi bersak ham böladi, yoki işsiz fuqarolarga özlariga ma'qul sohada yo uyiga yaqin joyda haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qilsak ham böladi.
Bu yil biz köproq jamoat işlariga jalb qilişga asosiy urğu berdik. 500 mingdan ortiq işsiz fuqarolarni jamoat işlariga jalb qildik, ularga 450 milliard sömga yaqin mablağ tölab berdik», – dedi Temur Mahmudov 28 oktabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.
Işsizlik nafaqasi kimlarga tölanadi?
Mehnat kodeksiga köra, işsizlik nafaqasi işsiz deb e'tirof etilgan şaxsga, u iş qidirayotgan şaxs sifatida mahalliy mehnat organida röyxatdan ötgan kundan e'tiboran tayinlanadi.
Agar işsiz fuqaro 35 yoşga tölmagan erkak bölib, uning qaramoğidagilar soni 3 nafargaça bölsa, u işsizlik nafaqasi oliş uçun haq tölanadigan jamoat işlarida belgilangan tartibda iştirok etişi talab etiladi.
Avvalroq, işsizlik nafaqasi oliş uçun söraladigan hujjatlar soni 8tadan 3taga qisqartirilgani ma'lum qilingandi












