Samsung smartfonlari 5G-qurilmalari bozorida eng xaridorgir smartfon böldi. Bu haqda Strategy Analytics agentligi ma'lum qildi.
2020 yilning birinçi çoragi ma'lumotlariga köra, Samsung Galaxy S20+ 5G eng ommabop smartfon bölgan. 5G-smartfonlari bozorida uning uluşi töqqiz foizni taşkil etgan. Qayd etilişiça, uşbu smartfonga Ğarbiy Yevropa, Janubiy Koreya va Şimoliy Amerika bozorlarida talab katta bölgan.
Ikkinçi öringa sakkiz foiz uluş bilan Samsung Galaxy S20 Ultra 5G, uçinçi öringa esa beş foiz uluş bilan Samsung Galaxy S20 5G joylaşgan.
Yuqori beştalikka şuningdek, Huawei P40 Pro 5G va Huawei Mate 30 5G smartfonlari kirgan. Uşbu smartfonlarning har biri bozorda beş foizdan uluşga ega.
Strategy Analytics agentligi rahbari Ken Xayyersning qayd etişiça, yilning ikkinçi yarmida bozordagi holat özgaradi.
«Apple Samsung va Huawei hukmronligiga yakun yasaşini kutmoqdamiz», dedi u.
Samsung oktabr örtalarida Samsung A42 5G smartfonini taqdim etdi. U öz yönalişidagi eng arzon model hisoblanib, narxi 455 dollar turadi.












