Britaniyalik aktyor Şon Konneri 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda BBC News uning oilasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ser Tomas Şon Konneri 1930 yilning 25 avgust kuni Şotlandiyaning Edinburg şahrida tuğilgan. «Oskar» mukofoti, ikki karra BAFTA, uç karra «Oltin globus» mukofoti laureati.

Şon Konneri 70dan ortiq filmlarda, jumladan, Yan Fleming asarlarining yettitasida rol öynagan. Asosiy roli - Jyeyms Bond. Gangster yönalişidagi «Teginmaslar» (The Untouchables) dramasida gavdalantirgan Jim Meloun obrazi uçun Konneri «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlariga sazovor böldi. 

2003 yilda u özining yarim asrlik faoliyatini yakunladi, Bagama orollarida rafiqasi bilan istiqomat qilgan.