Sudning 30 oktyabrdagi qaroriga köra, qömitadan kompaniya foydasiga şikoyat keltirişda tölangan davlat boji (2 230 000 söm) va poçta xarajatlari (20 ming söm) undiriladi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Antimonopoliya qömitasi sud qarori ustidan şikoyat qilişini bildirgan.
Oliy Majlisning bir neça deputati va MQKQ monopol korxonani «Raqobat töğrisida»gi qonunni buzişda, avtomobillar narxini 3 mln sömdan 19,8 mln sömgaça asossiz oşirganlikda ayblamoqda. Öz navbatida, kompaniya ayblovlarni rad etgan.
Ötgan hafta uç nafar deputat Moliya vazirligi va Davlat bojxona qömitasiga sörov yubordi. Ularning gumoniça, «UzAuto Motors» AJ va «Jizzax avtomobil zavodi» MÇJ xorijdan biznes klassidagi avtomobillarni tayyor holda import qilişda import boji va utilizatsiya yiğimini tölamayotgan bölişi mumkin.








