Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga e'lon qilindi. Unga köra, deyarli barça davlat idoralari uçun ajratiladigan mablağ miqdori oşgan.

Loyihaga muvofiq, quyidagi:

  • jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği;
  • jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği;
  • jismoniy şaxslarning mol-mulkini ijaraga berişdan oladigan yillik daromadlari böyiça deklaratsiyaga asosan tölanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanadigan daromad soliği;
  • uşbu moddaning törtinçi qismida körsatilgan holatdan taşqari, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq (elektr stansiyalari tomonidan tölanadigan soliq mustasno);
  • quriliş materiallari böyiça yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq turlari tumanlar va şaharlar budjetlariga töliq ötkazilişi taklif etilmoqda.

Loyihada, şuningdek respublika budjetidan birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga 2021 yil uçun 132 trln söm ajratilişi belgilandi. Uşbu summadan esa ayrim taşkilotlar kesimida quyidagiça çeklangan miqdorlarda mablağ ajratiş nazarda tutilgan:

  • Oliy Majlis Senatiga 29 mlrd söm (2020 yil uçun 19 mlrd söm);
  • Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga 162 mlrd söm (2020 yil uçun 111 mlrd söm);
  • Prezident Administratsiyasiga 784 mlrd söm (2020 yil uçun 721 mlrd söm);
  • Vazirlar Mahkamasiga 1,508 trln söm (2020 yil uçun 1,422 trln söm) – şundan 903 mlrd sömi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasiga;
  • Boş prokuraturaga 1,375 trln söm (2020 yil uçun 869 mlrd söm);
  • Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga 635 mlrd söm (2020 yil uçun 432 mlrd söm);
  • Soğliqni saqlaş vazirligiga 3,428 trln söm (2020 yil uçun 3,073 trln söm) – şundan 198 mlrd söm bolalarni vaksinatsiya qiliş bilan boğliq xarajatlarga;