Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan Davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan keçiktirmay kiritilişi belgilangan.
Davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi Qonunçilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar körib çiqilişi kerak.
Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti töğrisidagi qonun Senatga körib çiqiş uçun qabul qilingan kundan e’tiboran beş kun içida yuboriladi.
Davlat budjeti töğrisidagi qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan keçiktirmay ma’qullanadi.
«Bugun – 28 noyabr. Parlamentda hali 2023 yilgi davlat budjeti muhokamasi boşlangani yöq», – deya yozmoqda Telegram’dagi davletovuz kanali.








