Fuqarolar uçun byudjyet loyihasida keltirilişiça, 2019 yilda yangi taşkil etilgan oliy ta'lim muassasalariga va ularni qayta taşkil qilişga sarflanadigan umumiy xarajatlar 79,7 mlrd sömni taşkil etişi prognoz qilindi.
Yangi taşkil etilgan oliy ta'lim muassasalari orasida “Ipak yöli” turizm xalqaro universitetiga eng köp – 2,8 mlrd söm, qayta taşkil qilingan oliy ta'lim muassasalaridan Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga esa 15,3 mlrd söm ajratilişi kutilmoqda.
Töliq röyxat esa quyidagiça (röyxatda yangi taşkil etilgan oliy ta'lim muassasalariga va ularni qayta taşkil qilişga sarflanişi prognoz qilingan xarajatlar kamayib boriş kesimida körsatilgan):
1. Özbekiston xalqaro islom akademiyasi - 15,3 mlrd söm
2. Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi Akademiyasi - 4,9 mlrd söm
3. "Ipak yöli" turizm xalqaro universiteti - 2,8 mlrd söm
4. "Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning filiali - 2,5 mlrd söm
5. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – 2,5 mlrd söm
6. Milliy yadroviy tadqiqot universiteti “MIFI” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toşkent şahridagi filiali 1,3 mlrd söm
7. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi diplomatiya oliy maktabi 741 mln söm
8. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi filiali 622 mln söm
Loyihada prognoz qilinişiça, 2019 yilda oliy ta'lim muassasalarini moliyalaştiriş uçun Davlat byudjyetidan 1,5 trln. söm ajratiş rejalaştirilmoqda, bu esa 2018 yildagidan 1,5 barobar köproqdir.








