Noma'lum şaxslar bir vaqtning özida 6ta joyda otişma olib borgan. Jumladan, ular sinagoga, restoran va yahudiylar markaziga hujum qilgan. Otişmalar dastlab şahar markazidagi Şvedenplats maydoni yaqinida joylaşgan boş sinagoga yonida boşlangan. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, hujumlarni sodir etganlar 7 kişi bölgan. Ulardan bir nafari politsiya bilan otişma vaqtida öldirilgan. Qolgan jinoyatçilar qidirilmoqda. Şaharda aksilterrorçilik amaliyoti e'lon qilingan. 

Hujumlar Avstriyada koronavirus tarqalişiga qarşi yangi çeklovlar kiritilişi arafasida sodir etildi.

Avstriya teraktdan keyin qöşni davlatlar bilan kelişgan holda öz çegaralaridagi nazoratni kuçaytirgan.

OAVda ma'lum qilinişiça, otişma vaqtida bir erkak halok bölgan. Şifoxonada olingan jarohatlardan yana bir ayol hayotdan köz yumgan.

Mamlakat içki işlar vaziri Karl Nexammer yuz bergan voqealarni terakt deb atagan.

Avvalroq OAVda hujum vaqtida 7 kişi halok bölgani ma'lum qilingan. Biroq hukumat bu ma'lumotlarni rad etgan va bir erkak halok bölgani, 15 kişi yaralanganini ma'lum qilgan. 

“Jinoyatçilar yaxşi qurollangan va professional tayyorlangan. Bu aniq terakt”, deb ta'kidlab ötgan Avstriya kansleri Sebastyan Kurs va poytaxt aholisini uydan çiqmaslikka çaqirgan.

“Politsiya uşbu jirkanç terakt ijroçilariga qarşi qat'iy harakat qiladi. Men politsiyaçilarimiz bir jinoyatçini bartaraf etganidan xursandman. Biz terrorçilikka bizni qörqitişga yöl qöymaymiz va bunday hujumlarga qarşi bor kuçimiz bilan kuraşamiz”, deb qöşimça qilgan Kurs.