1 avgust kuni taxminan tuşdan keyingi 14:30 lar atrofida Aydaho ştati Tvin-Fols şahrida In-N-Out Burger restorani yaqinida otişma sodir etildi. Reuters’ning yozişiça, savdo markazida qurollangan yoş yigitning öt oçişi oqibatida 3 kişi halok bölgan. Qurbonlar içida otişmani uyuştirgan şaxsning özi ham bor.

Tvin-Fols politsiya boşliği sözlariga köra, ayni dam aholiga xavf yöq, çunki öqotar qurol kötarib çiqqan erkakning özi ham öldirilgan.

Şaharning jamoatçilik bilan aloqalar departamenti koordinatori Joş Palmerning mediaga ma’lum qilişiça, otişma sodir bölgan joy gavjum hudud hisoblanadi va kamida ikki kişi jarohatlangan. Hozir ular kasalxonada qolmoqda. Politsiya otişma sabablarini örganmoqda, voqeadan söng atrofdagi asosiy yöllar hamda yaqin köpriklar harakat uçun yopildi.

Eslatib ötamiz, qariyb 50 ming aholiga ega Tvin-Fols şahri Aydaho ştatining markaziy qismidagi Magic Valley mintaqasida joylaşgan.

Ötgan hafta yakşanba keçda esa Vaşington ştati Siyetl şahrida qurolli otişma sodir bölib, unda ham 3 kişi halok bölgandi. Şundan söng Siyetldagi davlat bayroqlari motam sabab yarim metr pastga tuşirilgan.